Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi. Bu haqda institut axborot xizmati xabar berdi.
Vladimir Norov Vladimir 1955-yil 31-avgust kuni Buxoroda tug‘ilgan. 1972—1976-yillarda Buxoro pedagogika instituti tahsil olgan. 1983—1985-yillarda Sovet Ittifoqi ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi bo‘lgan.
2019-yil—2021-yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi bo‘lib ishlagan. 2022-yil 27-apreldan tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan va 30-dekabrdan vazir lavozimidan ozod qilingan.
Baxtiyor Saidov esa shu kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri lavozimidan ozod etilgan.
Baxtiyor Saidov 2021-yilning noyabridan buyon Xalq ta’limi vazirligiga rahbarlik qilib kelayotgandi. Unga qadar O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)