• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Uenzdey” serialidagi Qo‘l tomoshabinlarning sevimlisiga aylandi. Bu rolni ruminiyalik ko‘zboylog‘ich ijro etgan

    2022-yil noyabr oyida internetni Addamslar qizi — Uenzdey haqidagi serial zabt etdi. Shou tomoshalar bo‘yicha rekordlarni yangiladi va bosh qahramonning raqsi tarmoqda virusga aylandi. Bundan tashqari, Qo‘lni haqiqiy odam o‘ynaganligi ham ma’lum bo‘ldi. Ruminiyadan kelgan ko‘zboylog‘ich qanday qilib personajni yangi bosqichga olib chiqib, uni tomoshabinlarning sevimlisiga aylantirgani haqida ma’lumot beramiz.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Qo‘l obrazi birinchi marta 1954-yildagi original komikslarda paydo bo‘lgan. Addamslar uyining kiraverishida “Ehtiyot bo‘ling, Qo‘l” yozuvi bor edi — xuddi “Qopag‘on itdan ehtiyot bo‘ling” yozuviga o‘xshash. Keyinchalik bu g‘oya film va teleko‘rsatuv ijodkorlari tomonidan ishlab chiqilgan. Keyinchalik Qo‘l oilaning ajralmas qismiga aylanadi — Addamslar uchun u ham uy hayvoni, ham oila a’zosi.

    Birinchi filmlarda personaj kamdan kam ko‘rinib, quti yoki biror predmet orqasida paydo bo‘lgan. U maxsus funksiyalarni bajarmagan va, albatta, asosiy qahramon emasdi. Keyinchalik Qo‘l rolini 1960-yillardagi “Adamslar oilasi” teleserialida bosh xizmatkor rolini o‘ynagan aktyor Ted Kessidi ijro etadi. Erkak odatda kameralarda ko‘rinmaydigan aravachada yotib, qo‘lini qutidagi teshikdan chiqarib turgan.

    Yangi serialda esa bu o‘ziga xos rolni 25 yoshli Viktor Dorobantu o‘ynadi. U Ruminiyada tug‘ilgan. Bungacha Viktor fokus ko‘rsatish bilan shug‘ullangan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    1991-yilgi to‘liq metrajli filmda Qo‘l yana “jonlanadi”. 90-yillarning kult filmida uni ko‘zboylog‘ich Kristofer Xart o‘ynagan. Qo‘l yuguradi, qahramonlarga yordam beradi, ular bilan muloqot qiladi. Intervyuda Dorobantu dastlab Kristofer bilan bevosita gaplashmagan bo‘lsa-da, uning ijodidan ilhomlanganini aytadi. “Bir marta Kristofer Qo‘l xira bo‘lib ko‘rinmasligi uchun cho‘tkani qanday tutish kerakligini o‘rgatdi”, — deb tan oladi u.

    Ko‘zboylog‘ichlar 90-yillardagi Qo‘l va hozirgisi ikki xil qahramon ekanligini yaxshi tushunishgan. Hech bo‘lmaganda tashqi ko‘rinishi — yangi serialda bu “qahramon” ancha real va qo‘rqinchli ko‘rinadi. U pop-madaniyatdan nomaqbul imo-ishoralarni ham biladi, umuman olganda, o‘zini ancha erkin tutadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Suratga olish jarayonlarida Viktor butun tanasini qoplagan ko‘k rangli kostyum kiyib olgan. Bu montaj paytida hech qanday muammosiz uni kadrdan “kesib olish” uchun kerak edi. Ko‘zboylog‘ich bu kiyimda o‘zini juda qulay his qilganini va hamma narsani mukammal ko‘rganini aytadi, chunki uning ko‘zlari to‘r bilan qoplangan edi. U hatto yomon ob-havoda ham kostyum uni isitganini ta’kidlaydi.

    Dorobantu katta odam bo‘lgani uchun jamoa uni kameralardan yashirish uchun ko‘p harakat qilishiga to‘g‘ri kelgan. U turli o‘ra va chuqurchalarga yotib, eshik va devorlar orqasiga yashirinadi. Ba’zida suratga olish guruhi Viktor joylashib olishi uchun butun dekoratsiyani ham ko‘tarishiga to‘g‘ri keladi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Birinchi kadrda Viktor karavot tagiga yotib, qo‘lini matrasdagi teshikdan chiqaradi.

    Qo‘l ko‘rsatadigan imo-ishoralar 50 foizi real hayotdagi imo-ishora tillariga asoslangan. “Qolgan 50 foizi sof improvizatsiya. Men aktrisaning so‘zlariga javob berishga, his-tuyg‘ularimni ifodalashga harakat qildim”, — deydi Dorobantu.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Aytgancha, dastlab erkak uni kastingga taklif qilishganiga ishonmaydi. “Avvaliga buni hazil deb o‘yladim. Meni ko‘ndirmaguncha qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilishdi. Kastingda bu rolni olishim dargumon ekanligini angladim — atrofda juda ko‘p ajoyib ko‘zboylog‘ichlar bor edi. Ammo oxirida men o‘tib ketdim”, — deydi Viktor.

    Aynan serial rejissori Tim Berton personajni haqiqiy inson ijro etishini talab qilgan. Jenna Orteganing so‘zlariga ko‘ra, Dorobantu soatlab tayyorgarlik ko‘rishi kerak edi. “Berton Qo‘lning grimiga soatlab vaqt sarfladi. Qo‘l ishtirok etgan sahnalar juda ko‘p vaqtni oldi”, — deydi aktrisa.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Viktorning aytishicha, eng noqulay joylarda yotgani Qo‘lni o‘ynash juda qiyin bo‘lganining birgina sababi emas: “Barcha his-tuyg‘ularni qo‘l orqali ko‘rsatish kerak edi. Uning ovozi ham, subtitrlari ham yo‘q. Bu juda qiyin jarayon”.

    Boshqa aktyorlar ham qiynalgan, albatta. Misol uchun, Jenna Ortega kadrda hech qachon ko‘zini pirpiratmagan – bu ham rejissordan chiqqan g‘oya edi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Mavzuga doir:

    • Faqat “Uenzdey” emas: Jahon kinosi tarixidagi eng ajoyib raqslar (video)
    • Uenzdey rolini qoyilmaqom ijro etgan va internetni “portlatgan” raqsni o‘zi o‘ylab topgan Jenna Ortega haqida 20 ta fakt
    • Hammaning og‘zida “Uenzdey”: nima uchun Addamslar oilasining g‘amgin qizi haqidagi serial rekordlarni yangilamoqda?

    08.01.2023, 11:12   Izoh (0)   21843
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Operatsiyadan so‘ng aloqaga chiqqan Parizoda, san’atni tashlash haqida o‘ylayotgan Munisa Rizayeva, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Ziyoda

    07.01.2023, 22:44

    Adriano Chelentano 85 yoshda: italiyalik xonanda va aktyor haqida ko‘pchilik bilmaydigan qiziqarli ma’lumotlar

    07.01.2023, 19:55

    “O‘zimdan o‘zimgacha”dan “Super kelinchak”kacha: Adiz Rajabov ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (video)

    07.01.2023, 13:55

    Tashqi ko‘rinishi tufayli o‘zi xohlagan rollarni o‘ynay olmaydigan iqtidorli Gollivud aktrisalari

    07.01.2023, 11:54

    Instagram: Uenzdey raqsini ijro etgan mashhurlar, tug‘ilgan kunida qimmatbaho avtomobil olgan Hamdam Sobirov, Umra safaridagi Dilso‘z

    06.01.2023, 22:13

    Meryem Uzerli, Hande Erchel va boshqa mashhur turk aktrisalari kundalik hayotda qanday kiyinadi? (foto)

    06.01.2023, 21:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.