Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida “Jiguli” yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida yo‘lovchi ayol va uning qo‘lida bo‘lgan farzandi vafot etdi.
Viloyat YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 4-yanvar kuni “Kamaz” yuk mashinasi “Bobotol” mahallasidan Uzun tumani markazi tomon harakatlanib kelayotganida uning ortidan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan “Jiguli” kelib urilgan va pastlikka ag‘darilgan.
Oqibatda yengil avtomobildagi yo‘lovchi ayol kishi va uning qo‘lidagi farzandi og‘ir jarohat olib shifoxonaning jonlashtirish bo‘limida vafot etgan.
YTHga “Jiguli”ning tezlikni me’yoridan oshirib harakatlangani va haydovchining tajribasizligi sabab bo‘lgan.
Mavzuga doir: Andijonda o‘quvchilar Spark’da avariyaga uchradi (video)
Izoh (0)