Moskva—Buxoro—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha Utair UT807/808 reysidagi samolyotni texnik sabablarga ko‘ra Boeing-767 dan Boeing-737 ga almashtirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.
Qayd etilishicha, Boeing-737 bortida o‘rindiqlar yetarli emasligi sababli qolgan 60 nafar yo‘lovchi keyingi UT808 reyslarida (2023-yil 7 va 9-yanvar) jo‘natiladi.
Buxoro xalqaro aeroporti rahbariyati va aviatashuvchi vakillari birgalikda, birinchi navbatda, bemorlar, tranzit yo‘lovchilari, yosh bolali ayollar, qariyalar va chet el fuqarolari uchun aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda. Kechikkan barcha yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtiriladi va bepul ovqat bilan ta’minlanadi.
“Parvozlar jadvalidagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotni aviakompaniya vakillaridan olishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)