O‘zbekistonda yanvar oyi boshida Hindistonning Quramax kompaniyasi tomonidan olib kirilgan dori vositalari sotuvi to‘xtatilgandi. SSV preparatlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, chuqurlashtirilgan sifat nazorati natijalariga ko‘ra, “Dok-1 Maks” hamda “Ambronol” dori vositalarining ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi o‘rniga yoki u bilan birga etilenglikol va diyetilenglikol moddalari mavjudligi ma’lum bo‘lgan.
Quyidagi suratda ushbu preparatlar ro‘yxati keltirilgan.
Ayni paytda birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari xodimlari o‘ziga biriktirilgan barcha xonadonlarda faol patronaj ishlarini olib bormoqda. Bunda uyma-uy yurgan holda xonadon dori qutisini nazoratdan o‘tkazish, muddati o‘tgan preparatlar, saqlash qoidalari buzilgan hamda Quramax Medical kompaniyasining barcha dori vositalarini qabul qilmaslik va iste’moldan chiqarish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
Mavzuga doir: “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagan — DXX
Izoh (0)