Xalqaro boks assosiatsiyasi (IBA) jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston boks terma jamoasi 37600 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.
Umumiy hisobda 135 mamlakat kiritilgan reytingda 17 ta vazn toifasidagi (ayollar va erkaklar) bokschilarning ko‘rsatkichlari umumlashtirilgan. Reytingda 48100 ochko bilan Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda.
Hindiston, AQSH va Turkiya terma jamoalari kuchli beshlikdan joy olgan.
Izoh (0)