“Barselona” Ispaniya Kubogining 1/16 finalida uchinchi divizion ishtirokchisi “Intersiti”ni 4:3 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi.
Katalon klubi 21 yil deganda ilk bor uchinchi liga klubidan uchta gol o‘tkazib yubordi. So‘nggi marta 2002-yilda “Novelda” jamoasi “Barselona” darvozasiga uch bor to‘p kiritgandi. O‘shanda quyi liga klubi “Barselona”ni 3:2 hisobida yenggan.
Mazkur uchrashuvda “Intersiti” yarim himoyachisi Oriol Soldevila het-trik qayd etdi. Uning barcha gollari ikkinchi bo‘limda urildi.
Qayd etish kerak, 21 yoshli Soldevila “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Izoh (0)