• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Kasallik, teatr, bevaqt o‘lim: “Qor malikasi” ertak-filmi aktyorlarining taqdiri qanday kechdi? (foto)

    “Qor malikasi” — ko‘pchilikning bolalikdan sevib tomosha qilgan qishki ertak-filmi. Unda rol o‘ynaganlarning barchasi premyeradan so‘ng mashhurlikka erishdi. Biroq ularning hammasi ham aktyorlik faoliyatini davom ettirmadi. “Noviy ochag” nashri kimlarning hayoti butunlay boshqacha yo‘nalishda ketganini ma’lum qildi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Qor malikasi — Natalya Klimova

    Foto: “Film.ru”

    Foto: “Film.ru”

    Natalya Klimovaning go‘zalligi uni Qor malikasidan avvalroq yulduzga aylantirgandi: aktrisa allaqachon “Qorqiz” va “Ural ertaklari” filmlaridagi rollari bilan tanilgan. Uning kayrerasi juda yaxshi rivojlandi. Ammo bir muncha vaqt o‘tgach, Natalyaga sil kasalligi tashxisi qo‘yildi. U turmush tarzini tubdan o‘zgartirdi. Turmush o‘rtog‘i, aktyor Vladimir Zamanskiy bilan birga poytaxtdan Murom shahriga ko‘chib o‘tdi. Juftlik kamtarona uyda yashaydi, cherkovga boradi va shovqin-surondan uzoqda o‘zini juda baxtli his qiladi.

    Gerda — Yelena Proklova

    Foto: “Film.ru”

    Foto: “Film.ru”

    O‘n uch yoshli Lena Proklovaga “Qor malikasi”dagi ishtirok haqiqiy ertakka aylangan. Bugun u shahar bo‘ylab haqiqiy aravada suratga olish joyiga qanday olib borilganini, o‘sha paytda o‘zini qanday baxtli his qilganini katta iliqlik bilan eslaydi. Gerda uchun bir nechta liboslar tikilgan va ular qizga sovg‘a qilingan. Proklovaning karyerasi, ehtimol, boshqalarga qaraganda muvaffaqiyatli rivojlandi: uning hisobida o‘nlab mashhur filmlar bor, realiti-shouda ishtirok etdi. Ertak filmi chiqqanidan 40 yil o‘tgach, unga yana “Qor malikasi” filmida o‘ynash taklif qilindi, faqat Gerda emas, bosh qahramon — Qor malikasini. Aleksandr Abdulov eski ertak asosida zamonaviy film suratga olmoqchi edi. Afsuski, u rejalarini amalga oshirishga ulgurmay olamdan o‘tdi.

    Kay (Key) — Vyacheslav Syupa

    Foto: “Film.ru”

    Foto: “Film.ru”

    Kay rolini o‘ynagan 10 yoshli Vyacheslav Syupa bir zumda mashhur jajji aktyoriga aylandi: minglab qizlar uni sevib qoldi, onasi o‘g‘liga yo‘llangan xatlarni yashirincha yig‘di. Ammo u bolasini bunday mashhurlikka dosh bera olmasligidan va “yulduzlik kasali”ga chalinishdan qo‘rqardi. U bu maktublarni o‘g‘li 40 yoshga to‘lganida berdi. Filmning katta muvaffaqiyatiga qaramay, Vyacheslav aktyorlik faoliyatini davom ettirmadi. U yana bir qancha filmlarda suratga tushgan. Keyin esa rejissorlik kasbini egallab, butun umr teatrda ishladi. Krasnoyarsk opera va balet teatrida Syupa 40 dan ortiq spektakllarni sahnalashtirdi.

    Kichkina qaroqchi — Era Ziganshina

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Atamanshaning qizini 21 yoshli Era Ziganshina ijro etgan. Bu uning debyut roli edi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, unga ekrandagi ko‘rinishi haqiqatan ham yoqmagan. Ziganshina kinoni unchalik yoqtirmadi — u teatr sahnasida yashashni xohladi. Ammo 2000-yillarning boshida aktrisa yana ekranga qaytdi va ko‘plab film hamda seriallarda rol o‘ynadi. Biroq teatr uning hayotida alohida ahamiyatga ega: u Moskvada yashasa-da, vaqti-vaqti bilan Sankt-Peterburg Aleksandrinskiy teatrining spektakllarida qatnashadi.

    Malika — Irina Gubanova

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Irina Gubanova “Qor malikasi”dan keyin ham muvaffaqiyatli harakat qilishni davom ettirdi: tomoshabinlar uni “Samoviy qaldirg‘ochlar” musiqiy filmidagi roli orqali eslaydi. 90-yillarda u xorijiy filmlarni faol ravishda ishtirok etdi. Afsuski, aktrisa atigi 60 yil yashadi: u 2000-yilda og‘ir pnevmoniyadan keyin vafot etdi.

    Ertakchi — Valeriy Nikitenko

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    “Qor malikasi” filmidan keyin Valeriy Nikitenko boshqa filmlarda ham suratga tushdi. U dublyaj sohasida ham o‘zini sinab ko‘rdi. Sankt-Peterburgdagi Komediya teatri ertakchining ikkinchi uyiga aylandi. Valeriy Nikitenko butun umri davomida u yerda ishladi. Uning ovozi radioda tez-tez yangraydi, aktyor hozirda 81 yoshda.

    Buvisi — Yevgeniya Melnikova

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Yevgeniya Melnikova Lyubov Orlova bilan birga “Sirk” filmida ishtirok etdi, “Xarakterli qizlar” ssenariysi u uchun maxsus yozilgandi, ammo u homiladorligini bilgach rol o‘ynashdan qat’iyan bosh tortdi: bola uchun muhimroq edi. Uning o‘rniga esa Valentina Serova filmda ishtirok etdi va yulduzga aylandi. Aktrisaning ijodida o‘nlab filmlar bor, lekin u ko‘proq onalar va buvilar rolini o‘ynar edi. Yevgeniya Konstantinovna uzoq umr ko‘rdi, u 2001-yilda 93 yoshida vafot etdi.

    Siyohdon — Vera Titova

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Siyohdon rolini ijro etgan Vera Titova boshqa rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. Aktrisa “Qorqiz”da Zaryananing onasi, “Ochiq kitob”da Agasha va “Masha va Vityaning yangi yil sarguzashtlari” filmida Pechkaning rolini  o‘ynagan. Vera Titova 2006-yilda 77 yoshida vafot etdi.

    Mavzuga doir:

    • “Esmeralda” Shohida Uzoqovaning ovozi bilan “gapirganiga” 20 yil to‘ldi. O‘tgan vaqt ichida serial qahramonlarining taqdiri qanday kechdi?
    • Tokioning sirli dunyosidan Xirosima fojiasigacha. Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari
    • “Yashashni istamayman, kuchim yetmaydi”. “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmi yulduzi Barbara Brilskaga atalgan taqdirning ayanchli “hazillari”

    04.01.2023, 18:30   Izoh (0)   26474
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Turmushga chiqib sindim”. Iroda Iskandarova hayotidagi qiyinchiliklar hamda san’atni tanlamagani uchun farzandlaridan ranjigani haqida

    04.01.2023, 16:32

    “Jek tirik qola olmasdi”. Jeyms Kemeron “Titanik“ bosh qahramonining o‘limini ilmiy isbotlab berdi

    04.01.2023, 12:25

    Ekranlarda ajoyib juftlik bo‘lsa-da, hayotda bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘q aktyorlar (foto)

    04.01.2023, 11:14

    Instagram: Shohruxxonning ko‘zini ko‘kartirgan Asal Shodiyeva, Ma’rufxo‘jani sudga beradigan Gulsanam Mamazoitova, Hosila Rahimovaning AQSHdagi sayohatlari

    03.01.2023, 22:57

    Buyuk Miyazaki multfilmlari yordamida hal qilish mumkin bo‘lgan bolalardagi muammolar

    03.01.2023, 21:20

    Qizlarini bo‘lajak qirolicha va millioner xonim qilib tarbiyalagan sobiq styuardessa — Kerol Middlton hikoyasi (foto)

    03.01.2023, 20:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43

    O‘zbekistonning oltin zaxirasi qiymati rekord darajada oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 12:38

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.