• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Esmeralda” Shohida Uzoqovaning ovozi bilan “gapirganiga” 20 yil to‘ldi. O‘tgan vaqt ichida serial qahramonlarining taqdiri qanday kechdi?

    Meksika seriallarining ommalashuviga sabab bo‘lgan “Esmeralda” teleseriali 1997-yilda suratga olingan, 2001-yilda “Yoshlar” telekanalida namoyish etilgan hamda qisqa vaqt ichida tomoshabinlar mehrini qozongan edi. Sanjar Sa’dullayev, Oybarchin Bakirova, Shohida Uzoqova, Barno Qodirova kabi mahoratli dublyaj aktyorlari ovozi bilan gapirgan qahramonlarning taqdiri barchani birdek qiziqtira olgan edi.

    Serial efirga uzatilganda muxlislar shu darajada ishtiyoq bilan tomosha qilganidan qishloqlarda sigirlar ham yo‘qolgani, hatto devorlarda yozib qoldirilgan “Rahmat, senga Esmeralda!” degan tashakkurnomalar ham quloqqa chalingan edi. Eng qizig‘i, film namoyishidan so‘ng bosh qahramon − Esmeraldaga ovoz bergan aktrisa Shohida Uzoqova bilan radio orqali olib borilgan intervyuni eshitgan sodda ayollar “Esmeralda Toshkentga kelganmish” deb o‘ylagan ekan.

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Mana shunday shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Esmeralda” seriali qahramonlari 25 yil ichida qanchalik o‘zgardi?

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Serial voqealari boshidanoq qarama-qarshilikka boy. Kambag‘al oilada o‘g‘il va boy oilada qiz tug‘iladi. Taqdir taqazosi bilan tug‘iliboq yetim qolgan bola boy oilaga, o‘lik deb gumon qilingan qiz doya Dominganing qo‘lida qoladi. Ammo qizaloqning tirikligi va ko‘zi ojiz ekanligini bilgan Dominga endi hech narsa qila olmasdi. Oradan yillar o‘tib ulg‘aygan chaqaloqlar – Esmeralda va Xose Armando uchrashib qoladi va bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi. Ammo ularning muhabbati ortidan mashaqqatli sinovlar kutib turadi. Ularning turmush qurishiga qarshilik ko‘rsatgan yigitning qarindoshlari va Esmeraldaga uylanish niyatida bo‘lgan Lusio Malaverning fitnalari tufayli ikki yosh ayriliq azobiga duchor bo‘ladi.

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Esmeralda

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Letisiya Kalderon

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Serialda bosh qahramon – Esmeralda rolini ijro etgan Letisiya Kalderon 1968-yil 15-iyulda Mexikoda tug‘ilgan. Aktrisaning uch nafar akasi bor: Alexandro, Mario va Migel. Akasi Alexandro ham singlisi kabi bir necha filmlarda suratga tushgan. Letisiya bolaligida turli shaharlarda yashagan va 13 yoshga to‘lganidan so‘ng Mexikoga qaytib kelgan. U 1982-yil debyut rolini ijro etdi va keyinchalik 37 ta film va seriallarda suratga tushdi. Aktrisaning nomzodligi 7 xil mukofotga 21 marotaba qo‘yilgan va undan 15 marta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Eng yaxshi aktrisa” unvoniga ham sazovor bo‘lgan.

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Letisiya “Esmeralda” serialidagi ko‘r qiz obraziga shu qadar kirishib ketganki, suratga olish ishlari yakunlangandan keyin ham Esmeralda rolidan chiqib keta olmagan, xuddi u kabi ko‘rga o‘xshab yurishga o‘rganib qolgan.

    Xose Armando

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Fernando Kolunga   

    Foto: “twitter.com”

    Foto: “twitter.com”

    1966-yil 3-martda Mexiko shahrida Fernando va Margarita Olivares oilasida tug‘ilgan yagona farzand. Ma’lumoti bo‘yicha muhandis, lekin hech qachon kasbi bo‘yicha ishlamagan. U teatr tomoshalari uchun e’lon qilingan kastingda qatnashgan va kutilmaganda qabul qilingan. Fernando aktyorlik faoliyatini teatrlarda boshlagan va hanuzgacha u yerda rol ijro etadi.

    Don Rodolfo Penarreal

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Enrike Lisalde   

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Enrike 1937-yil 9-yanvar kuni Meksikada tavallud topgan. U kino, TV va teatr aktyori bo‘lib, uning ijodiy faoliyati 1960−2000-yilgacha davom etdi. O‘tgan vaqt mobaynida Enrike o‘nlab film, serial va spektakllarda rol ijro etdi. Aktyor 2013-yil 3-iyun kuni 76 yoshida vafot etgan.

    Fatima Linares

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Laura Sapata 

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Laura Sapata 1956-yil 30-iyul kuni bokschi Gilermo Sapata oilasida tug‘ilgan. Bolaligida otasi vafot etgandan so‘ng onasi Iolanda Miranda qayta turmushga chiqadi. Ammo o‘gay ota qizaloqni yaxshi qabul qilmaydi, shuning uchun u buvisi Evi manxe qo‘lida tarbiya topadi. Aktrisaning o‘zidan keyingi 4 singlisi ham ijodkor – yozuvchi va musiqa yo‘lini tanladi. U yoshligidan san’at, musiqa va rol ijro etishga qiziqar edi. Mamlakatdagi Andres Soler nomidagi madaniyat va san’at oliygohida aktyorlik bo‘limida tahsil oldi. Ammo buvisi dastlab uning tanlagan kasbi va hukmronlik qiladigan muhitdan xavotir olib, nabirasining xohishlariga qarshi chiqdi. Lekin aktrisa buning aksini isbotladi, u mahortali aktrisa bo‘libgina qolmay, buvisidan qolgan barcha fazilatlarni ham saqlab qoldi.

    Lusio Malaver

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Salvador Pineda 

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Salavdor Pineda 1952-yil 12-fevralda Meksikada diplomatlar oilasida dunyoga keldi. Onasi Gloriya aktrisa bo‘lishni juda ham orzu qilgan, keyinchalik o‘zini oilasi va farzandlariga bag‘ishladi. Aktyor o‘z faoliyatini teatrda rol ijro etishdan boshladi. Shundan so‘ng birin-ketin film va seriallarda suratga tushdi. Aktyor dastlab aktrisa Alma Delfina bilan rasman nikohdan o‘tgan. Keyinchalik “Sendan boshqa hech kim”seriali bosh qahramoni Lusiya Mendes bilan ishqiy munosabat o‘rnatgan. Eng qizig‘i, serial voqealari ham shunday tarzda kechadi, afsuski, aktyor hayotda ham, serialda ham raqibiga yutqazib qo‘ygan. Shundan so‘ng venesuelalik aktrisa Mayra Alexandra bilan turmush qurdi va uzoq vaqtga bormay ajrashishga qaror qildi. Hozirda aktyor yolg‘iz yashaydi.

    Melesio

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Iganasio Lopes Tarzo   

    Foto: “latino.com”

    Foto: “latino.com”

    Aktyor 1925-yil 15-yanvarda Meksikada tug‘ilgan. U 1973-yil “Oq atirgul” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor”, 2007-yil “Hayot yutuqlari” unvoniga sazovor bo‘ldi. Mahoratli aktyor 97 yoshni qarshiladi va uning ijodiy faoliyati kinoda 50 dan ortiq va spektakllardagi bir qancha rollarni o‘z ichiga oladi.

    “Esmeralda” serialidagi tentak Meliso obrazi uning serqirra aktyor ekanligidan darak. Sababi u boshqa o‘nlab filmlarda jiddiy rollarda namoyon bo‘lgan. Aynan tentak Meliso rolidan keyin unga taqlid qiluvchilar soni ham ko‘paygan.

    Blanka De Velasco

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Rakel Morel   

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Rakel Morel 1959-yil 4-fevralda Moreliyada tug‘ilgan. 1985-yil kino san’atiga qadam qo‘ydi. Aktrisa ijodi davomida bir qancha seriallarda suratga tushdi va jahon yulduzi darajasigacaha ko‘tarildi. 2013-yilda Meksikada eng yaxshi aktyor va aktrisalar reytingi tuzildi va unga ko‘ra aktrisa 100 talik reytingning 77-qatoridan joy olgan.

    Gratsiyela Penarreal

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Nora Salinas 

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Nora Salinas 1976-yil 7-iyunda Meksikada tug‘ilgan. U dastlab modellik bilan shug‘ullangan, keyinchalik aktrisalik faoliyatini boshlagan. Salinas ilk bora “Esmerelda” serialidagi tannoz Gratsiyela obrazini ijro etdi. U kambag‘al Adrianga muhabbat qo‘ygan, ammo zodagon onasi Fatima nazorati ostida azob chekishga majbur, doimo muhabbatga moyil Gratsiyela qahramonini mahorat bilan ijro etganligi uchun xalqaro miqyosda shuhrat qozondi.

    Adrian Lusero

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Alexandro Ruis   

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Foto: “kinopoisk.ru”

    Aktyor va xonanda Alexandro 1967-yil 9-iyunda Meksikada tug‘ilgan. U ilk bora 8 yoshida “Qotil yolg‘iz emas” filmida Xulioning bolaligini ijro etgan. Keyinchalik u iqtisodiyot yo‘nalishida ta’lim oladi va uni tark etib, aktyorlik faoliyatini boshlaydi. U ijodi davomida 60 dan ortiq rol ijro etdi.

     Mavzuga doir:
    • Aktyorlarga olamshumul shuhrat keltirsa-da, oz miqdordagi gonorar evaziga suratga olingan mashhur film hamda seriallar (foto).
    • Film va seriallar uchun maxsus yaratilgan hamda o‘sha davr ruhini to‘liq aks ettirgan bejirim liboslar (foto).

    03.01.2023, 20:49   Izoh (0)   31955
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tan soqchisining pichoqlanishidan tortib tegajog‘likkacha: to‘ylarda o‘zbekistonlik xonandalar duch keladigan ayanchli va kulgili holatlar

    03.01.2023, 18:58

    Shukurullo Isroilov — “morg”da, Sevara Nazarxon — “Ippodrom”da. Mashhur bo‘lishidan avval o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)

    03.01.2023, 16:02

    McDonald’s’da idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda. Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    03.01.2023, 15:00

    Sevgi yosh tanlamaydi: O‘zbek shou-biznesidagi yoshi orasida katta farq bo‘lgan mashhur juftliklar (foto)

    03.01.2023, 13:57

    “Qizil olma”, “Esingdami seni?”, “Ishonma” va o‘zbek estradasidagi 20-30 yildan buyon “yashayotgan” boshqa qo‘shiqlar (video)

    03.01.2023, 12:53

    “Sevinch”, “Dilhiroj”, “Sevginator” va o‘zbekistonlik xonandalar suratga tushgan boshqa muvaffaqiyatli filmlar (video)

    03.01.2023, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43

    O‘zbekistonning oltin zaxirasi qiymati rekord darajada oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 12:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.