Samarqand shahrida 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi Mercedes-Benz haydovchisi mashinasida drift qildi. Viloyat YHXB axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat tungi 01:00 da qora rangli mashina egasi 1987-yilda tug‘ilgan R.K. bayramga yig‘ilgan odamlarni o‘ziga qaratish maqsadida drift qilib, harakat xavfsizligi qoidalarini buzgan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, JIB Samarqand shahar sudiga yuborilib, mashina jarima maydonchiga joylashtirilgan.
YHXBning qo‘shimcha qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand shahrida ommaviy norozilik namoyishi bo‘lmoqda” nomi bilan tarqalgan xabar va ma’lumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Mavzuga doir: Toshkentda yo‘lning qatnov qismida drift qilgan Mercedes-Benz haydovchisiga chora ko‘rildi
Izoh (0)