Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida salkam 20 gektar yer maydonidagi paxta terilmay qolgani, uvol bo‘lgani xabar berildi. “Daryo” so‘roviga javoban tuman hokimligi mazkur paxta paxtachilik klasteriga tegishli ekanini, uvol bo‘lmasligini bildirdi.
Ushbu videoda ko‘rsatilgan paxta dalalari tumanning “Amir Temur” hududida joylashgan EMG Inter Investment xorijiy korxonasiga tegishli bo‘lgan dala hisoblanadi. Xorijiy korxona tomonidan 2022-yil 30-dekabr kuniga qadar ham dalalarda paxta terimi amalga oshirilgan. Bayram kunlari munosabati bilan terimni tashkil etish imkoniyati bo‘lmagan. Shuningdek, xorijiy korxona paxta yetishtirishda o‘z ilmiy qarashlariga asoslanib ish yuritadi. Xorijiy korxona ish yurituvchisi daladagi paxta 4-yanvar kunidan boshlab terilishini, terim ishlari davom etishini ma’lum qildi, — deyiladi hokimlik axborotida.
Izoh (0)