Jizzax viloyatida kuzatilayotgan kuchli shamol natijasida yuqori kuchlanishli podstansiyadan chiquvchi 4 ta elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda o‘chish sodir bo‘ldi.
Buning natijasida Jizzax shahri, Zarbdor, Zomin, Yangiobod, Paxtakor, Arnasoy, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilgan.
Ushbu nosozlik maxsus brigada tomonidan soat 21:38da (57 daqiqada) bartaraf etilib, yuqoridagi hududlarning elektr ta’minoti qayta tiklandi. Shuningdek, viloyatdagi past kuchlanishli tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga doir: O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
Izoh (0)