Bo‘stonliqning tog‘li hududlarida joylashgan dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘lda noqulay ob-havo sabab yuzaga kelgan tirbandliklar bartaraf etildi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘ra, qor yog‘ishda davom etmoqda. Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida YPX xodimlari xizmat olib borishmoqda.
“Agarda zarurat bo‘lmasa haydovchilarga mazkur yo‘lda tungi vaqtda harakatlanmaslikni tavsiya qilamiz.
Zarurat bilan harakatlangan vaqtda ehtiyotkor bo‘lishlarini va belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)