• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sirop haqida eshitib, vaziyatni bilganimizda jiyanim shifoxonada edi” — “Dok-1 Maks” siropidan zaharlanib, vafot etgan 1,5 yoshli bolaning ammasi

    Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi “Nurli kelajak” mahallasida yashovchi 1,5 yoshli bola “Dok-1 Maks” dori vositasi sabab qurbon bo‘lgani xabar berilgandi. “Daryo” muxbiri marhum bolaning yaqinlari bilan suhbatlashib, bola siropni qachondan beri iste’mol qilgani bilan qiziqdi.

    Jurnalist bilan suhbatda o‘zini vafot etgan bolaning ammasi Shahnoza Nafasova deya tanishtirgan ayol dorini qishloqdagi shifokor tavsiyasiga ko‘ra sotib olishganini aytdi.

    Shifokor tavsiyasiga binoan o‘sha dori sotib olingandi. “Do‘xtir” ham qayerdan bilibdi deysiz, uyam bilmagan-da. Ukam 16-dekabr kuni tuman markazidagi dorixonadan shu siropni sotib olgan. O‘sha kuni kechqurun jiyanimga bera boshlagandik. Jiyanimda oz-oz yo‘tal bor edi. Hali yosh, ukol qilmasdan sirop ichira qolaylik degan to‘xtamga kelib, siropni ichirgandik-da, — deydi vafot etgan bolaning ammasi.
    Ma’lum bo‘lishicha, 1,5 yoshli bola “Dok-1 Maks” siropini 16-dekabr kuni kechki paytdan boshlab iste’mol qila boshlagan, 26-dekabr kuni ahvoli yomonlashib, tuman shifoxonasining tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan.
    Otam-onam o‘sha kuni jiyanimni tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borgan. Shifokorlar bolani ko‘rib, davo muolajalarini qilgach, ahvoli yaxshimasligini, shu sabab uni Qarshi shahriga olib borib ko‘rsatishlari kerakligini aytgan, — deydi bolaning yaqini.
    Shundan so‘ng bola dastlab viloyat bolalar shifoxonasiga, ular qabul qilmagach, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qarshi filialiga olib borilgan.
    Tez yordam markazi ham bemorni qabul qilmay, uni Toshkentga olib borish kerakligini aytgan. Bolani poytaxtga olib ketayotgan paytda tez tibbiy yordam xodimlari bolani qaytarib olib kelishini so‘ragan. Biz jiyanim ushbu doridan zaharlanganini Qarshidagi tekshiruvlar natijasida bildik. Biz gripp alomatlari deb o‘ylagandik. Shifokorlar qanday dori ichirgansizlar rasmini tashlanglar deb aytishgach, rasmini tashladik. Shifokorlar o‘sha dori buyrak va jigarga kuchli zarar yetkazganini aytgan. Ushbu dorini qabul qilish taqiqlangani haqidagi xabarlarni jiyanim dorini ichib bo‘lganidan keyin eshitdik. U paytda ancha kech bo‘lgandi, — deydi bolaning ammasi Shahnoza Nafasova.
    Eslatib o‘tamiz, mazkur siropni iste‘mol qilish ortidan Samarqandda 18 nafar, Toshkent va Qashqadaryoda bir nafardan, jami 20 nafar bola vafot etgani ma’lum bo‘lgandi. So‘ngra “Dok-1 Maks” dorisining xavfi xususida jamoatchilik hamda vazirlikka xabar bergan bosh shifokor boshchiligidagi tibbiyot xodimlari ishdan olingani xabar berildi. Mas’ullar esa bosh shifokorning ishdan olinishiga aynan bu sabab emasligini bildirdi.

    Ko‘p o‘tmay Hindistonda mazkur siropni ishlab chiqaruvchi kompaniyaga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur siropni ishlab chiqarish to‘xtatildi. Keyinchalik Sog‘liqni saqlash vazirligi “Dok-1 Maks” siropi tarkibida zaharli moddalar aniqlanganini, samarqandlik shifokorlar bu haqda vazirlikni o‘z vaqtida xabardor qilmaganini aytib chiqdi. Mazkur voqealardan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbarini ishdan oldi. Kuni kecha ham Farg‘onada uch yoshli bola mazkur siropdan zaharlangani ochiqlandi.

    03.01.2023, 22:44   Izoh (0)   17977
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bo‘stonliq yo‘lida yuzaga kelgan tirbandlik bartaraf etildi

    03.01.2023, 22:21

    Samarqandda haydovchi Yangi yil kechasi mashinada drift qildi (video)

    03.01.2023, 21:37

    O‘zbekiston 11 oyda qariyb 600 ta yuk avtomobili eksport qildi

    03.01.2023, 19:59

    AQSH elchixonasi mamlakatga Meksika orqali kirish masalasiga izoh berdi

    03.01.2023, 18:32

    Qashqadaryoda salkam 20 gektar paxta terilmay qolib ketgani aytilgandi. Hokimlik mazkur paxta klasterga tegishli ekanini bildirdi

    03.01.2023, 17:56

    Navoiyda YPX xodimlarini urib, haqoratlagan “himoyachi” ayolga jazo tayinlandi

    03.01.2023, 16:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.