IFFHS portali 2022-yil xalqaro maydonda eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.
Hisob-kitob jarayonida klub miqyosidagi xalqaro rasmiy musobaqalar, shuningdek, terma jamoa safida kiritilgan to‘plar inobatga olingan.
Ro‘yxatda Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 22 ta gol bilan birinchi o‘rinni egallagan. Kilian Mbappe (21) va Xulian Alvares (15) kuchli uchlikdan joy olgan.
O‘zbekiston terma jamoasi va “Roma” klubi forvardi Eldor Shomurodov 2022-yilda xalqaro maydonda 12 ta gol urdi va ro‘yxatda to‘rt nafar futbolchi bilan birga 8-o‘rinni bo‘lishib turibdi.
1. Lionel Messi (Argentina) – 22 gol
2. Kilian Mbappe (Fransiya) – 21
3. Xulian Alvares (Argentina) – 15
4-5. Erling Holand (Norvegiya) – 14
4-5. Sadio Mane (Senegal) – 14
6-7. Robert Levandovski (Polsha) – 13
6-7. Pedro (Braziliya) – 13
8-11. Eldor Shomurodov (O‘zbekiston) – 12
8-11. Risharlison (Braziliya) – 12
8-11. Moxamed Saloh (Misr) – 12
8-11. Karim Benzema (Fransiya) – 12
Mavzuga doir: “PSJ” triosi — eng sermahsul. 2022-yil top-5 ligalarda eng ko‘p gol urgan va assist ijro etgan futbolchilar ro‘yxati
Izoh (1)
Eldor Shomurodov yaqin yillarda kuchli 3likdan joy olishini Allohdan tilayman...