“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe 2022-yil yakunlari bo‘yicha top-5 ligalar futbolchilar orasida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.
Fransiyalik futbolchi kalendar yil davomida 32 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Keyingi o‘rinlarda 30 gol bilan Erling Holand (“Manchester Siti” / “Borussiya D”) va 29 ta to‘p bilan Robert Levandovski (“Barselona” / “Bavariya”) bormoqda.
Top-10 lik quyidagi ko‘rinishni olgan:
- Kilian Mbappe (“PSJ”) — 32 ta gol
- Erling Holand (“Manchester Siti” / “Borussiya D”) — 30
- Robert Levandovski (“Barselona” / “Bavariya”) — 29
- Harri Keyn (“Tottenhem”) — 26
- Kristofer Nkunku (“Leypsig”) — 25
- Vissam ben-Yedder (“Monako”) — 22
- Neymar (“PSJ”) — 21
- Chiro Immobile (“Latsio”) — 20
- Martin Terrer (“Renn”) — 20
- Ivan Touni (“Brentford”) — 20
“PSJ”ning yana bir vakili Neymar har ikki ro‘yxatdan joy olgan yagona o‘yinchiga aylandi. U “gol+assist” tizimida 34 ochko to‘plagan.
Top-4 ligalarning 2022-yildagi eng yaxshi assistentlari:
- Lionel Messi (PSJ“”) — 20
- Usmon Dembele (“Barselona”) — 16
- Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) — 16
- Deyan Kulusevski (“Tottenhem”) — 13
- Neymar (“PSJ”) — 13
- Alassan Plea (“Borussiya M”) — 12
- Sergey Milinkovich-Savich (“Latsio”) — 12
- Benjamen Burijo (“Renn”) — 12
- Dominik Sosoblai (“Leypsig”) —11
- Rafael Leau (“Milan”) — 11