Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 18-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 1-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Chelsi” safarda “Nottingem Forest”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 16-daqiqasida mehmonlar Rahim Sterlingning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga maydon egalari 63-daqiqada Serj Oryening goli bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Ushbu natijadan keyin “Chelsi” 25 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. “Nottingem Forest” esa ochkolarini 14 taga yetkazib, 18-pog‘onaga ko‘tarildi.
“Tottenhem” esa o‘z uyida “Aston Villa”ni qabul qildi. Emiliano Buendia va Duglas Luisning gollari Unai Emeri shogirdlariga g‘alaba olib keldi.
Mazkur g‘alaba evaziga “Aston Villa” ochkolarini 21 taga yetkazdi va 12-o‘rinda qoldi. “Tottenhem” esa 30 ochko bilan 5-pog‘onani egallab turibdi.
18-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
APL
18-tur bahslari
1-yanvar, yakshanba
“Nottingem Forest” – “Chelsi” 1:1
Gollar: 0:1 – 16 Sterling, 1:1 – 63 Orye.“Nottingem Forest”: Henderson, Orye, Boli, Uorrell, Lodi, Froyler, Mangalya (Kolbek, 78), Yeyts, Gibbs-Uayt, Avoniyi (Uilyams, 88), Jonson (Serrij, 82).
“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Tiago Silva, Kulibali, Kukurelya, Jorjinyo (Ziyosh, 72), Zakariya (Kovachich, 61), Maunt (Obameyang, 73), Pulishich (Chukvuemeka, 87), Haverts, Sterling (Gallaher, 72).
Ogohlantirishlar: Yeyts (43), Aspilikueta (53), Gallaher (90), Lodi (90+3).
“Tottenhem” – “Aston Villa” 0:2
Gollar: 0:1 – 50 Buendia, 0:2 – 73 Duglas Luis.“Tottenhem”: Lyoris, Doerti (Emerson, 80), Devis, Langle, Romero, Perishich (Spens, 88), Hyoybyerg (Skipp, 88), Bissuma (Sarr, 80), Son Hyon Min, Keyn, Xil (Sessenyon, 63).
“Aston Villa”: Olsen, Yang, Mingz, Konsa (Ingz, 82), Din, Makginn (Koutinyo, 78), Buendia (Chembers, 82), Kamara, Duglas Luis (Bednarek, 82), Uotkins, Beyli (Kesh, 66).
Ogohlantirishlar: Romero (28), Langle (31), Devis (37), Mingz (56), Bissuma (59), Konsa (66), Chembers (90).