Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlari Isroil harbiy-havo kuchlarining Damashqqa hujumini qaytardi, deb xabar bermoqda Al Mayadeen. Telekanal harbiy manbasining aytishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari “agressor raketalarining bir qismini urib tushirgan”.
Reuters agentligining Suriya Mudofaa vazirligi bayonotiga tayanib, xabar berishicha, hujum oqibatida ikki askar halok bo‘lgan, Damashq aeroporti ishdan chiqqan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, zarba Isroil shimoli-sharqidagi Tiberiya ko‘lidan berilgan.
Isroil mudofaa kuchlari vakili bu ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortdi, deydi “TASS”. Isroillik harbiylar Twitter’da ham sodir bo‘lgan voqea haqida hozircha hech narsa yozmagan.
Al Mayadeen nashrining yozishicha, bu Isroilning Suriyaga bir hafta ichida uchinchi hujumi.
Izoh (0)