Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—noyabr oylarida Rossiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu mamlakatdan asosan margarin mahsulotlari olib kelinadi. Shuningdek, o‘simlik yog‘i, kakao importi hajmi ham yuqori.
- Margarin mahsulotlari – 101,4 ming tonna;
- O‘simlik yog‘i – 55 ming tonna;
- Kakao va shokolad – 30 ming tonna;
- Bug‘doy – 21,4 ming tonna;
- Kartoshka – 15 ming tonna;
- Sut mahsulotlari – 12,8 ming tonna;
- Parranda go‘shti – 5 ming tonna;
- Baliq va dengiz mahsulotlari – 4,5 ming tonna.
Izoh (0)