• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ost-Indiya kompaniyasining tashkil etilishi, o‘limga hukm etilgan Yemilyan Pugachyov va bayram kuni iste’fo bergan Boris Yelsin. Kun xronologiyasida 31-dekabr

    31-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Hindistonni zabt etgan Ost-Indiya kompaniyasining tashkil etilishi, o‘limga hukm qilingan Yemilyan Pugachyov hamda iste’fo berishga qaror qilgan Rossiya prezidentiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Hindistonni zabt etgan Ost-Indiya kompaniyasi

    1600-yil 31-dekabr kuni Yelizaveta I ning qarori bilan ingliz Ost-Indiya kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan. Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi xuddi Gollandiya muqobili kabi davlat ichidagi davlat tartibida ishlardi. O‘z armiyasi va Britaniya imperiyasi rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatish orqali u davlatning ajoyib moliyaviy manbayiga aylangan. Kompaniya inglizlarga mustamlakachi imperiya qurishga yordam bergan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Britaniya Ost-Indiya kompaniyasiga Yelizaveta I asos solgan. Ispaniya bilan urushda qozonilgan g‘alaba va “Yengilmas armada” yakson etilganidan keyin u Sharqdan olib kelinayotgan tovarlar savdosi ustidan nazoratni qo‘lga olishga qaror qiladi.

    Kompaniya uzoq vaqtlar Angliya Ost-Indiya kompaniyasi deb yuritib kelingan, XVIII asrdagina Britaniyanikiga aylangan. Uning 125 ta aksiyadorlari orasida qirolicha Yelizaveta I ham bor edi. Umumiy kapitali 72 ming funt sterlingni tashkil etgan.

    Ingliz kompaniyasiga Gollandiya muqobilidan oldinroq asos solingan, biroq uning aksiyalari birjaga kechroq chiqarilgan. 1657-yilga qadar har bir muvaffaqiyatli ekspeditsiyadan keyin daromad yoki tovarlar aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlangan, yangi sayohat uchun esa yangidan pul tikilgan. Firma faoliyati 24 kishidan iborat kengash va general-gubernator tomonidan nazorat qilingan. U vaqtlarda inglizlar dunyodagi eng yaxshi dengizchilar hisoblangan. Shu bois Yelizaveta kompaniya muvaffaqiyat keltirishiga ishona olgan.

    1601-yilda Ziravorlar orollariga yo‘l olgan birinchi ekspeditsiyani Jeyms Lankaster boshqargan. Navigator o‘z maqsadlariga erishgan: u bir nechta savdo bitimlarini amalga oshirgan va Bantamda savdo nuqtasini ochgan va qaytib kelganidan keyin ritsar unvonini olgan. Sayohatdan u asosan qalampir olib kelgan, bu kam uchraydigan narsa emas edi, shuning uchun birinchi ekspeditsiya unchalik foydali emas deb hisoblangan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Lankaster tufayli Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi singaga qarshi profilaktikani amalga oshirish tartibi paydo bo‘lgan. Afsonaga ko‘ra, ser Jeyms o‘z kemasidagi dengizchilarni har kuni uch osh qoshiq limon sharbati ichishga majbur qilgan. Ko‘p o‘tmay, boshqa kemalar Lankaster ekipaji kamroq kasal bo‘lganini payqagan va xuddi shunday qilishni boshlagan. Bu odat butun flotga tarqalgan va kompaniyada xizmat qilgan dengizchilarning yana bir yutug‘iga aylangan.

    Yana bir nechta ekspeditsiyalar amalga oshirilgan va ular haqidagi ma’lumotlar bir-biriga zid. Ba’zi manbalar muvaffaqiyatsizliklar haqida gapirsa, boshqalari, aksincha, muvaffaqiyatlardan xabar beradi. Aniq aytish mumkinki, 1613-yilgacha inglizlar asosan qaroqchilik bilan shug‘ullangan: foyda deyarli 300 foizni tashkil etgan, ammo mahalliy aholi mintaqani mustamlaka qilishga uringan ikkita yovuzlikdan gollandlarni tanlagan.

    Inglizlar tovarlarining aksariyat qismi mahalliy aholida qiziqish uyg‘otmagan: issiq iqlim sharoitida qalin mato va qo‘y yungi kerak emasdi. 1608-yilda britanlar birinchi marta Hindistonga yetib borgan, ammo asosan u yerdagi savdo kemalarida talonchilik qilib, qo‘lga kiritgan tovarlarni sotish bilan shug‘ullangan.

    Bu kabi holat uzoq davom etishi mumkin emasdi, shu bois 1609-yilda kompaniya rahbariyati Hindistonga ser Uilyam Xoukinsni yuborgan — u shoh Jahongirni qo‘llab-quvvatlashi kerak edi. Xoukins turk tilini yaxshi bilgan va shohga yoqib qolgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Jahongirning talabi bilan Xoukins Hindistonda qolgan va tez orada unvon olgan va uylangan. Bu haqda qiziqarli rivoyat bor: Xoukins go‘yoki faqat nasroniy ayolga turmushga chiqishga rozi bo‘lib, yashirincha ularga munosib qiz topa olmaslikka umid qilgan. Jahongir hammani hayratda qoldirib, kelinning ichidan nasroniy malika topgan, hatto sepi bilan — inglizning qochishga imkoni qolmagan.

    Shuningdek, Hindistondagi pozitsiyani mustahkamlashga Jahongir bilan muzokaralar o‘tkazgan ingliz diplomati Tomas Roning o‘rni beqiyos. Ingliz qiroli Yakovning elchisi o‘tinuvchi sifatida emas, balki Britaniyaning rasmiy vakili sifatida kelgandi. Diplomat kompaniyani hech qanday to‘siqlarsiz faoliyat yurishi va shoh himoyasini bilan ta’minlanishiga erishgan. Ro missiyani muvaffaqiyatli bajargan va Jahongirning sevimli insonlaridan biriga aylangan.

    Inglizlar mintaqada harbiy harakatlarni olib borib, Gollandiya koloniyalarini egallay boshlagan. 1811-yilda inglizlar Yava orolini egallagan va Ambronni nazorat qilgan, shuningdek, boshqa oldinlari gollandlar bilan savdo qilgan mahalliy vakillar bilan bitim tuzgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Gollandiya va Britaniya kompaniyasi XVIII asrdan boshlab Xitoy choyi uchun kurashgan. Xitoy hukumati yevropaliklarga juda ehtiyotkor munosabatda bo‘lgan, ularni faqat bitta port — Guanchjouga kiritgan. Hatto xitoy tilini o‘rgatish ham taqiqlangan.

    Inglizlar talab yuqori bo‘lgan Xitoy tovarlarining qimmat narxidan g‘azablangan. Muzokaralar natijasida kompaniya agentlari hech narsaga erisha olishmagan, shuning uchun ular tez orada investitsiya qilingan kumushni chiqarish uchun afyundan foydalanishni boshlagan. Noqonuniy savdo ko‘lami tez o‘sdi — u bir tonnadan boshlanib, minglab tonna bilan yakunlangan.

    Xitoyliklar bu xo‘rakka tezda aldangan va imperator jamiyat xavfi ko‘lamini baholagan. Qonunlar va taqiqlarni joriy etish hech qanday samara bermagan. 1833-yili Britaniya Ost-Indiya kompaniyasining Xitoy bilan savdo monopolitatsiyasini bekor qilgan xartiya opium olib kirilishi ortishiga sabab bo‘lgan.

    1839-yilda mahalliy hokimiyatlarning sabri tugab, ingliz savdo postidan barcha opiumni musodara qilgan. Bunga javoban inglizlar Hindistondan harbiy kuchlar kelishi bilan urush boshlagan. Xitoy bozorini egallashni niyat qilgan Fransiya va Amerika ingliz qo‘shinlariga yordamga kelgan.

    Tez orada Xitoy imperatori opium savdosiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgan, ammo bu ittifoqchilarning rejalariga ta’sir ko‘rsatmagan. Ochiq jangda g‘alaba qozonishni orzu qilgan xitoyliklar partizan urushini turli muvaffaqiyatlar bilan olib bordilar. Mahalliy muvaffaqiyatlarga qaramay, mag‘lubiyatdan qochib bo‘lmagan. 1842-yilda urush ittifoqchilarning g‘alabasi bilan yakunlangan. Imperator savdo uchun beshta port ochgan va inglizlar Gonkong ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olgan.

    Yemilyan Pugachyovning qatl etilishi

    1774-yil 31-dekabr kuni Pugachyov qo‘zg‘oloni ishtirokchilari ustidan sud jarayoni yakunlangandi. Unda Yemilyan Pugashyov, Maksim Shigayev va boshqalarga o‘lim hukmi chiqarilgan. Pugachyov 1775-yil 21-yanvar kuni to‘rtga bo‘lib tashlash yo‘li bilan qatl etilishi kerak edi, biroq Yekaterina II insoniylik jihatidan yashirin ravishda isyonchining avvaliga boshini tanasidan judo qilishni buyurgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    1773-1775-yillarda “ma’nisiz va shafqatsiz” rus qo‘zg‘oloni Ural, Volga bo‘yi va G‘arbiy Sibir yerlarini egallab olgan. Ammo don kazagi bo‘lgan va o‘zini “baxtli tasodif bilan omon qolgan” imperator Pyotr III deya e’lon qilgan Yemilyan Pugachyov boshchilik qilgan Rossiya tarixidagi eng yirik qo‘zg‘olonlardan biri uzoq vaqt isyonchilarga foyda keltirgan. Jangchi kazaklar, o‘qimagan dehqonlar Yaik (Ural daryosi) bo‘yidagi ko‘plab qal’alarga bostirib kirgan, shuningdek, Orenburg va Ufani qamalga olgan, Qozon Moskvaga yurish bilan tahdid qilgan.

    Qo‘zg‘olonchilar muntazam qo‘shinlar yordamidagina tartibga solingan. Dehqonlar urushining ko‘lamidan qo‘rquvga tushgan Yekaterina II isyonni bostirish uchun hatto Aleksandr Suvorovni ham yuborgan.

    Pugachyovning isyoni qattiq bostirilgan. Dehqonlar armiyasining tirik qolgan vakillari tarqalib ketgan. Pugachyov qirg‘iz-qozoq chegarasi tomon qochgan, u bilan birga bo‘lgan kazaklar o‘z yetakchisini afv evaziga hukumatga topshirishga qaror qiladi. 1774-yil sentabrda Pugachyovning yaqin atrofida bo‘lgan bir guruh shaxslar fitna uyushtirib, uni qo‘lga olgan. U qarshilik ko‘rsatishga uringan, hatto pistolet bilan fitnachilardan birini yaralagan. Ammo “xoinlar ushlansin” degan chinqiriqqa qaramay, hech kim yordamga kelmagan. Pugachyovning sobiq sheriklari uni Uralsk shahriga olib kelgan va tergov komissiyasi a’zosi kapitan Mavringa topshirgan. Ofitser zudlik bilan qo‘zg‘olon yetakchisini so‘roq qilgan.

    Pugachyov qo‘lga olinganidan xabar topgan Suvorov bir necha kundan keyin shaharga kelgan. Uning shaxsan o‘zi dehqonlar urushi rahbarini so‘roq qilgan, keyin esa tergov harakatlarini davom ettirish uchun Sibirskka olib ketgan. Butun yo‘l davomida Pugachyov ikki g‘ildirakli aravaga o‘rnatilgan yog‘och qafasda o‘tirgan. Kechalari Suvorovning o‘zi uni qo‘riqlab chiqqan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Zanjirlangan mahbus qishki otlarda Moskvaga olib ketilgan. Manzilga yetib kelingach, u zarbxonadagi devorga zanjirband qilingan. Pushkinning yozishicha, ikki oy davomida shaharliklar Pugachyovni tomosha qilish uchun kelgan. Dvoryanlar unga qo‘rquv va g‘azab bilan tikilgan — ayrimlar undan hayratga tushgan bo‘lsa, ba’zilarning ko‘zlarida umid uchqunlagan.

    Pugachyov va “general-anshef” Afanasiy Perfilyev to‘rtga bo‘lish orqali o‘lim jazosiga hukm etilgan. Yekaterina II qiynoqlarni yengillashtirish uchun avvaliga isyonchilarni o‘ldirishni buyurgan. Kazak huquqlarining himoyachisi bo‘lgan Ivan Zarubinning boshi tanasidan judo etilgan. “Harbiy kollegiya” a’zolari Maksim Shigayev, Timofey Podurov va Vasiliy Tornov dorga yuborilgan. Yana 18 kishi qamchilanib, og‘ir mehnatga surgun qilingan.

    “Erta tongdan son-sanoqsiz odamlar baland ko‘prik qurilgan Bolotaga to‘plandi. Uning ustida jallodlar qurbonlarni kutib vino ichib o‘tirardi. Ko‘prik yonida uchta dor qurilgan. Atrof piyoda askarlar bilan qurshab olingandi. Uylar va do‘konlarning tomlari odamlar bilan to‘lgandi…”, — deya voqeani ta’riflagandi Pushkin.

    “Rossiyani asrang”: Yelsin qanday qilib iste’fo bergandi?

    1999-yil 31-dekabr kuni Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin iste’fo bergandi. Bu qarorni u prezidentlik muddati tugashidan bir necha oy oldin qabul qilgan. Yelsin o‘zining ketishini mamlakat yangi asrga yangi insonlar bilan kirib kelishi kerakligi bilan izohlagan.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    “Men qaror qabul qildim. Uning ustida uzoq va qattiq o‘yladim. Bugun yakunlanayotgan asrning so‘nggi kunida iste’fo bermoqchiman”, — degandi u.

    Yelsinning o‘zi aytganidek, uning ketishi — “hokimiyatni har qanday yo‘l bilan ushlab qolishga intilmasligini” isbotlagan. “Buni amalga oshirish kerakligini tushundim. Rossiya yangi ming yillikka yangi siyosatchilar, yangi shaxslar, bilimli, kuchli, energiyaga boy insonlar bilan kirishi kerak. Biz esa — uzoq yillardan biri hokimiyat tepasida turganlar — ketishimiz kerak”, — deydi Yelsin.

    O‘z murojaatida u saylovlarga qadar davlat rahbari vazifasini Rossiya bosh vaziri Vladimir Putin bajarib turishini aytgan.

    Yelsinning murojaati millionlab rossiyaliklar uchun sensatsiyaga aylangan. Shu bilan birga, prezidentning jamiyatdagi obro‘si bu vaqtda unchalik baland emasdi. Qachonlardir energiyaga boy islohotchi 1999-yilga kelib keksayib qolgandi — u 68 yoshda bo‘lgan.

    Yelsin murojaat tayyorlayotganidan tor doiradagi insonlar xabardor bo‘lgan, uni suratga olgan televideniye xodimlariga esa prezident rejasi umuman yetkazilmagan. Xayrlashuv bayonoti keyinroq — “Ostankino”da yoziladigan an’anaviy murojaatdan keyin yozilgan. Prezident ayyorlik qilib, unga oldingi murojaat yoqmaganini va qayta yozib olish kerakligini aytgan. 31-dekabr kuni soat 07:00 da suratga olish guruhi Kremlga kelgan.

    Yelsin o‘z memuarlarida o‘sha vaqtdagi bosh vazir bo‘lgan Putinga rejasini 14-dekabrda aytganini yozgan. “Men Putinga 31-dekabrda ketishga qaror qilganimni aytdim. Shu kungi tong qanday o‘tishi, voqealar ketma-ketligi haqida gapirdim…”, — degandi Yelsin.

    Rossiya Kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zyuganov o‘z manbalari orqali bunday murojaat tayyorlanayotganida xabar topganini, biroq televizorni yoqib, Yelsin o‘z murojaatida kechirim so‘raganidan hayratga tushganini bildirgandi.

    Prezident rostdan ham rossiyaliklardan “kechirim so‘rashi”ni aytgan:

    “Sizlar bilan ko‘plab orzularimiz amalga oshmagani, oddiy ko‘ringan narsalarmiz esa qiynoqli darajada og‘ir bo‘lib chiqqani uchun uzr so‘rayman. Bir zarbada kulrang, turg‘un totalitar o‘tmishdan yorug‘, boy, madaniyatli kelajakka sakrab o‘tishimiz mumkinligiga ishongan odamlarning ba’zi umidlarini oqlamaganim uchun uzr so‘rayman. Bitta sakrashda barchasini uddalashimizga o‘zim ham ishonganman”, — degan edi Yelsin.

    Yelsinning ketishini butun dunyo telekanallari translyatsiya qilgan. 1-yanvar kuni barcha yetakchi nashrlar bu haqda gazetalarning muqovasiga bosib chiqargan. Tarix uchun televizion translyatsiya va Yelsinning mashinaga o‘tirishdan oldin “Rossiyani asrang!” degan gaplari saqlanib qolgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Iste’fodan keyin prezidenti o‘z hayoti bilan yashagan, Putinning prezident sifatidagi harakatlariga hech qanday izohlar bermagan. Yelsinning o‘zi kitob o‘qish, yaqinlari va rafiqasi, shuningdek, do‘stlari hamda sobiq hamkasblari bilan muloqot qilishdan zavqlanganini tan olgandi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Shoh oilasiga yaqin bo‘lgan Rasputinning o‘ldirilishi, dorga osilgan Saddam Husayn va Chikagoda yuzlab inson umriga zomin bo‘lgan teatr yong‘ini. Kun xronologiyasida 30-dekabr

    31.12.2022, 09:30   Izoh (0)   38635
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shimoliy Koreya Yapon dengiziga uchta ballistik raketa uchirdi

    31.12.2022, 09:08

    Xitoy qiruvchi samolyoti AQSH harbiy samolyoti bilan to‘qnashib ketishiga sal qoldi (video)

    31.12.2022, 08:48

    BAA hukmdorlari sulolasi qanday qilib biznes va siyosatni birlashtirib, dunyodagi eng boy oilaga aylandi?

    31.12.2022, 08:22

    Rossiyada o‘zbekistonlik erkak pichoqlanishi oqibatida vafot etdi

    30.12.2022, 23:40

    Kreml Ukraina raketasining Belarusda qulashiga munosabat bildirdi

    30.12.2022, 23:26

    NATO Ukrainaning Rossiyadagi harbiy nishonlarga hujumini mutlaq qonuniy deb atadi

    30.12.2022, 22:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.