• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BAA hukmdorlari sulolasi qanday qilib biznes va siyosatni birlashtirib, dunyodagi eng boy oilaga aylandi?

    Birlashgan Arab Amirliklarini boshqaruvchi al-Nahayon arab shayxlari uchun siyosat so‘nggi yillarda biznesning muhim tarkibiy qismiga, biznes esa siyosiy ta’sirni kuchaytirishning samarali usuliga aylandi. Bloomberg maqolasida eng badavlat oila qanday qilib tadbirkorlikdan nafaqat boyligini, balki qudratini ham oshirish yo‘lida foydalanishi haqida hikoya qilinadi.

    BAA prezidenti shayx Muhammad ibn Zayd al-Nahayon va uning nevarasi Zayd ibn Tiab ibn Muhammad al-Nahayon Abu-Dabida “Formula-1” Gran-prisini kuzatmoqda

    BAA prezidenti shayx Muhammad ibn Zayd al-Nahayon va uning nevarasi Zayd ibn Tiab ibn Muhammad al-Nahayon Abu-Dabida “Formula-1” Gran-prisini kuzatmoqda
    Foto: AFP

    Shayx Taxnun ibn Zayd al-Nahayon odatda mol-mulk ko‘z-ko‘z qilinadigan hududda yeng ichida yashashining o‘zi bilan ham e’tiborga loyiqdir. Bu sirlilik BAA qirollik sulolasi a’zosi atrofida ko‘plab mish-mishlarni keltirib chiqaradi. Ularning ba’zilariga ko‘ra, aynan u dunyodagi eng boy oila davlatining katta qismini boshqaradi.

    BAAda tasdiqlangan dunyo neft zaxiralarining taxminan 6 foizi joylashgan. Uni sotishdan tushadigan foydaning katta qismi an’anaga ko‘ra hukumat vakillari qo‘lida yig‘ilishini hisobga olganda, al-Nahayonlarning badavlatligi yuzasidan hayratlanadigan hech narsa yo‘q. Biroq xonanda Riannaning ich kiyimlar liniyasidan tortib, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasigacha bo‘lgan turli-tuman loyihalarga investitsiyalar oilaga o‘z boyligini misli ko‘rilmagan darajagacha oshirish imkonini berdi.

    Abu-Dabi Milliy neft kompaniyasi (ADNOC) bosh qarorgohi

    Abu-Dabi Milliy neft kompaniyasi (ADNOC) bosh qarorgohi
    Foto: AP Photo
    Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, al-Nahayonlarga tegishli aktivlarning sof qiymati kamida 300 milliard dollarga teng. Bu shuni bildiradiki, shayxlar taxminan 75 milliard dollarga amerikalik biznesmenlar — Uoltonlarni ortda qoldirmoqda, ular esa o‘zlarining Walmart do‘konlar tarmog‘i reteyl bozorida ustunlikka ega bo‘lishi sharofati bilan uzoq vaqtlar davomida dunyodagi eng boy oila deb hisoblanib kelingan. Tahlilchilar normativ hujjatlarni, ko‘chmas mulk haqidagi qaydlarni va korporativ ma’lumotlarni o‘rganib, shunday xulosalarga kelgan.

    Al-Nahayonlarning davlatini aniq hisoblab chiqish murakkab vazifadir, chunki BAAda davlat budjeti va hukmron sulola boyligi o‘rtasidagi chegaralar doim ham aniq-ravshan bo‘lmaydi. Oilaning ba’zi aktivlari xususiy mulk hisoblanadi, boshqalari rasman hukumat tuzilmalariga tegishli bo‘ladi. Ammo mol-mulkning rasmiy jihatdangina al-Nahayonlarga taalluqli bo‘lgan qismi ham ularni mintaqadagi boshqa neft magnatlaridan, shu jumladan, Saudiya Arabistoni monarxlaridan boyroq qiladi.

    Abu-Dabi Milliy neft kompaniyasi bosh qarorgohi. Kompaniya xodimi BAA sobiq prezidenti va Abu-Dabi hukmdori shayx Xalifa ibn Zayd al-Nahayon (chapda), sobiq prezident va Abu-Dabi hukmdori, marhum shayx Zayd ibn Sulton al-Nahayon (o‘rtada) va BAA amaldagi prezidenti, Abu-Dabi valiahd shahzodasi shayx Muhammad ibn Zayd al-Nahayon fotosuratlari ostida o‘tiribdi

    Abu-Dabi Milliy neft kompaniyasi bosh qarorgohi. Kompaniya xodimi BAA sobiq prezidenti va Abu-Dabi hukmdori shayx Xalifa ibn Zayd al-Nahayon (chapda), sobiq prezident va Abu-Dabi hukmdori, marhum shayx Zayd ibn Sulton al-Nahayon (o‘rtada) va BAA amaldagi prezidenti, Abu-Dabi valiahd shahzodasi shayx Muhammad ibn Zayd al-Nahayon fotosuratlari ostida o‘tiribdi
    Foto: Bloomberg

    Shayx Taxnun (aytgancha, uning jiu-jitsu bo‘yicha qora belbog‘i bor) oilaga ham jamoatchilik oldida, ham yopiq eshiklar ortida vakillik qiladi. Aynan u ADQ farovonlik suveren fondiga rahbarlik qiladi va mamlakatning eng yirik banki — First Abu Dhabi Bank’ni boshqaradi. Taxnun nazorat qiladigan boshqa oilaviy korxonalar orasida International Holding Company investitsiya kompaniyasi ajralib turadi, so‘nggi besh yil ichida uning qiymati 28 ming foizga o‘sib ketdi.

    Al-Nahayonlar 2017-yildan buyon to‘rt marta Angliya chempioniga aylanishga ulgurgan “Manchester Siti” futbol klubiga, shuningdek, butun Yevropa bo‘ylab o‘ndan ortiq qasrlar va saroylarga ham egalik qiladi. Oilaning yuksalishida Royal Group poydevor vazifasini o‘tadi — u moliyadan tortib, robototexnikagacha bo‘lgan eng turfa sohalarga ixtisoslashgan va 27 mingdan ziyod xodimi bo‘lgan kompaniyalar tarmog‘idir. So‘nggi 20 yil ichida u nisbatan oddiy korxonadan taxminan 300 milliard dollarlik gigantga aylandi.

    Shayx Mansur ibn Zayd al-Nahayon (markazda) “Manchester Siti” murabbiyi Mark Xyuz bilan

    Shayx Mansur ibn Zayd al-Nahayon (markazda) “Manchester Siti” murabbiyi Mark Xyuz bilan
    Foto: Shutterstock

    Al-Nahayonlarning boyligi bilan birga, ularning mintaqadagi va butun dunyodagi ta’siri ham oshib bormoqda. Biznes-imperiyani rivojlantirish va siyosiy vositachilikda asosiy rol shayx Taxnunga tegishlidir. U tomonidan tasdiqlangan investitsiyalarni Turkiya va Misrda ekspertlar uning akasi, Abu-Dabi amiri va BAA prezidenti shayx Muhammad ibn Zaydning global ta’sirni kengaytirish bo‘yicha loyihasining navbatdagi qadami deb talqin qiladi.

    Taxnun, Muhammad va ularning to‘rt nafar aka-ukalari — davlatning asoschisi va birinchi rahbari Zayd ibn Sulton al-Nahayonning uchinchi rafiqasidan ko‘rgan o‘g‘illari. Ular orasida hukumatdagi yana bir muhim shaxs hukumat rahbari o‘rinbosari shayx Mansur hisoblanib, u Markaziy bankni va Emirates Investment Authority federal hukumat suveren fondini ham boshqaradi.

    Qirollik oilasi Royal Group orqali nafaqat butun dunyo bo‘ylab kompaniyalarga sarmoya kiritadi, balki xodimlarni, shu jumladan, mashhur oshpazlarni va tansoqchilarni chaqirtirib oladi. AQSH prezidenti ma’muriyati sobiq maslahatchisi va Muhammad ibn Zaydning ko‘p yillik konsultanti Richard Klark qayd etishicha, tarmoq otgan imperiyada ushbu tuzilma al-Nahayonlar tavakkal qilishga tayyor bo‘lgan yagonasi bo‘lib qolmoqda. Boshqa investitsiyaviy korxonalar, jami aktivlari 1,2 trillion dollardan oshadigan Mubadala Investment Co. va Abu Dhabi Investment Authority, asosan an’anaviy, barqarorlikni saqlab turishga mo‘ljallangan suveren fondlar sifatida faoliyat yuritadi.

    Chet ellik binzesmenlar ko‘pincha oila bilan hamkorlik haqida Taxnunning superyaxtasida o‘tirib kelishib oladi, al-Nahayonlarda bunday yaxtalardan uchta bor. Kema mehmonlari orasida Uoll-stritning nufuzli tadbirkorlari tez-tez ko‘zga tashlanib turadi, ular muloqotni yo‘lga qo‘yishga va shayxlarga o‘z hurmatini namoyish etishga intiladi.

    “Nima uchun shayx Taxnun bilan ko‘rishganimdan mamnun bo‘lganimni so‘rayapsizmi? — dedi AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning yaqinlari davrasiga kiruvchi xususiy investor va milliarder Tom Barrak. — Chunki u  — dunyodagi eng yirik biznesmenlardan biri. Uning uyida har kuni kechqurun katta-katta tadbirkorlar, suveren fondler investorlari, boshqaruvchi sheriklar mehmon bo‘ladi”.

    Monako knyazligidagi 86 metrli Ecstasea motorli yaxtasi — dunyodagi eng tezkor yaxtalardan biri. 2009-yilda Roman Abramovich uni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zayd al-Nahayonga sotgan

    Monako knyazligidagi 86 metrli Ecstasea motorli yaxtasi — dunyodagi eng tezkor yaxtalardan biri. 2009-yilda Roman Abramovich uni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zayd al-Nahayonga sotgan
    Foto: Vida Press
    Taxnunning taniqli mehmonlari orasida Barrakdan tashqari, ko‘chmas mulkka ixtisoslashgan amerikalik investor va milliarder Sem Zell, hindistonlik sanoatchi Adani Gautam va kolumbiyalik banker Xayme Gilinski ham bo‘lgan. Barrak o‘tgan oy BAA manfaatlarini noqonuniy lobbilashtirish haqidagi ish bo‘yicha oqlanib chiqqandi. Taxnun bilan sheriklikka erishish uchun amerikalik unga arab zotidagi otlar haqida noyob kitob sovg‘a qilgan va u bilan birga Marokash sahrosi bo‘ylab sayohatga chiqqan.

    Taxnun ishlarni shaxsan o‘zi olib borishni afzal ko‘radi, ammo ba’zi vazifalarni o‘ziga yaqin ishonchli vakillariga yuklaydi. Kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan moliyachi Sofiya Abdullatif Laskiyni uning yaqin doirasidagilardan biri deb hisoblash mumkin, u shayx bilan qariyb 20 yildan buyon hamkorlik qilib keladi.

    “Men butun dunyo bo‘ylab rahbarlik lavozimlarini egallagan ko‘plab odamlar bilan muloqotda bo‘lganman, — dedi Sem Zell. — Ular orasida Abu-Dabi vakillari, shu jumladan, shayx Taxnun va Sofiya eng yuqoridagi o‘rinni egallaydi”.

    Royal Group’ning ba’zi investitsiyalari qiymati so‘nggi yillar mobaynida sezilarli darajada oshib ketdi. Bu ro‘yxatda alohida o‘rinni International Holding Company (IHC) egallaydi, u 2017-yildan buyon butun dunyo bo‘yicha bir milliard dollardan qimmatroq bizneslar ichida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatib kelmoqda. Asosiy egasi Royal Group bo‘lgan IHC o‘zining butun tarixi davomida baliqchilikka ixtisoslashgan va unchalik taniqli bo‘lmagan investitsiyaviy korxonadan BAAning eng qimmatbaho kompaniyasiga aylanib ketdi, hozirgi paytda uning narxi McDonald’s Corp va Nike Inc.’nikidan balandroq turadi. Ammo IHC’ning shiddat bilan o‘sishi ham ba’zi investorlarni o‘ziga jalb qilmaydi — ular operatsiyalarning yetarli darajada shaffof emasligidan tashvishga tushadi. Xavotirlar shu bilan bog‘liqki, kompaniya MSCI global fond indeksiga (dunyo fond bozoridagi vaziyatni aks ettiruvchi fond indeksiga) kiritilmagan va fondlar tahlilchilari tomonidan baholanmaydi.

    Ko‘pchilik xalqaro banklar IHC’ning ortiqcha oshirib yuborilgan bozor qiymati qarshisidagi qo‘rquv tufayli u bilan ish olib borishdan bosh tortmoqda — uning bozor qiymati balans qiymatidan qariyb 18 marta kattaroq (taqqoslash uchun, Uorren Baffetning Bershire Hathaway xolding kompaniyasi bozor qiymati uning balans qiymatidan 1,5 barabar ziyodroq). Shunga qaramay, al-Nahayonlar oilasining ta’sir sohalari va qiziqishlari xilma-xil ekanligi baribir IHC uchun zarur ko‘makni ta’minlash imkonini beradi.

    Noyabr oxirida IHC navbatdagi mahalliy konglomerat aksiyalarini chiqarib, buning evaziga biznesdagi ulushni qo‘lga kiritdi, unga esa BAAda qiymati bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi Alpha Dhabi Holding kompaniyasi ham kirdi, u shayxlarning tadbirkorlik imperiyasi tojidagi yana bir javohirga aylandi. Al-Nahayonlarga tegishli korxonalarning shiddat bilan o‘sishi oilaning qudrati o‘sib borayotganidan dalolat beradi, deb yozadi Bloomberg. Uzoq vaqtlar davomida neft poytaxti Dubay deb hisoblanib kelingan, ammo hozirgi paytda shayxlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqaruvi ostida bo‘lgan Abu-Dabi oldingi planga chiqdi.

    Al-Nahayonlar boshqa, eng xilma-xil sohalarda o‘zlarini namoyon qilmoqda: ular yaqinda Ferrari tematik parkini, shuningdek, Parij Luvrining mahalliy filialini va “Formula-1” trassasini ochdi.

    Abu-Dabidagi Ferrari World

    Abu-Dabidagi Ferrari World
    Foto: Getty Images

    BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar, qazilma yonilg‘i davri tugamasidan, har qanday yo‘l bilan o‘z iqtisodiyotlarini xilma-xillashtirishga intilmoqda. Ushbu mamlakatlar tadbirkorlari AQSH va Yevropa moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan, Xitoy esa koronavirusga qarshi choralar tufayli inqirozga g‘arq bo‘layotgan bir paytda yuzaga kelayotgan ko‘plab imkoniyatlarga yopishmoqda.

    International Holding Company’ga al-Nahayonlar global orzu-havaslarining timsoli deb qarash mumkin. Direktor Said Bashar Shyub avgustda kompaniya Indoneziya, Turkiya va Hindistondagi korxonalarga bir necha milliard dollar sarmoya kiritmoqchi ekanini aytgandi. Investitsiyalarning asosiy qismi oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash bozorlari va infratuzilmalar o‘rtasida taqsimlanadi.

    Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda bo‘lgani kabi, BAAda ham biznes va siyosat chambarchas bog‘liq bo‘lib qolmoqda, ikkala sohani esa aynan al-Nahayonlar birlashtirmoqda. Muhammad ibn Zayd rahbarligi ostida davlat dunyodagi ko‘plab jarayonlarga faol aralashishni boshladi: Liviya milliy armiyasi bosh qo‘mondoni Xalifa Xaftarni qo‘llab-quvvatladi, 2017-yilda Qatarga qarshi embargoga qo‘shildi hamda Yamanda Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi proksi-urushda qatnashdi.

    Shayx Taxnun ibn Zayd al-Nahayon va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2021-yil avgustida

    Shayx Taxnun ibn Zayd al-Nahayon va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2021-yil avgustida
    Foto: Turkiya prezidentining Twitter’i

    Shunga qaramasdan, BAA so‘nggi vaqtlarda mintaqada keskinlikni kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlar olib bormoqda. Mamlakat hukumati o‘z ta’sirini yumshoqroq usullar bilan oshirishga harakat qilmoqda — shu jumladan, iqtisodiy bitimlar tuzish orqali. Masalan, o‘tgan yili shayx Taxnunning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvidan keyin IHC Turkiyaning qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqaruvchi kompaniyasining 50 foizini sotib oldi.

    Arab biznesmenlari va siyosatchilari hindistonlik tadbirkor Gautam Adanining uchta kompaniyasiga qariyb ikki milliard dollar sarmoya kiritdi, undan sal avvalroq esa mamlakatlar savdo sohasidagi hamkorlik haqida kelishib olgandi. Abu Dhabi Development Holding Company inqirozli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash chorasi sifatida Misr korxonalaridagi ulushlarini ko‘paytirdi.

    Abu-Dabidagi prezident saroyi

    Abu-Dabidagi prezident saroyi
    Foto: AFP

    Abu-Dabida siyosat va biznes kesishgan yana bir yaqqol nuqta —sun’iy intellekt va bulutli hisoblashlar bilan shug‘ullanuvchi Group 42 kompaniyasi bo‘lib, u Amirliklar tarixida birinchi marta Isroilda o‘z bo‘linmasini ochdi va qurol eksport qiluvchi mahalliy davlat kompaniyasi — Rafael Advanced Defence Systems bilan hamkorlik haqida shartnoma imzoladi.

    “Shayx Taxnun har qanday murakkab missiyaning ishonchli koordinatoriga aylandi, — dedi siyosiy risklar bo‘yicha Eurasia Group konsalting kompaniyasi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘linmasi rahbari Ayham Komil. — Yaqinda qo‘lga kiritgan yutuqlari uni Muhammad ibn Zayd va umuman Abu-Dabi uchun favqulodda foydali shaxsga aylantirib qo‘ydi”.

    31.12.2022, 08:22   Izoh (0)   13210
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada o‘zbekistonlik erkak pichoqlanishi oqibatida vafot etdi

    30.12.2022, 23:40

    Kreml Ukraina raketasining Belarusda qulashiga munosabat bildirdi

    30.12.2022, 23:26

    NATO Ukrainaning Rossiyadagi harbiy nishonlarga hujumini mutlaq qonuniy deb atadi

    30.12.2022, 22:27

    Donetsk va Lugansk xalq respublikalari yangi konstitutsiya qabul qildi

    30.12.2022, 22:16

    JSST O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” dorisidan bolalar o‘lgani yuzasidan munosabat bildirdi

    30.12.2022, 21:46

    “Xitoy Rossiya bilan global hamkor bo‘lishga tayyor”, — Si Szinpin

    30.12.2022, 20:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    TBC Bank O‘zbekistondagi o‘z mavqeini mustahkamlamoqda: viloyatlar bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Korzinka’da – iyul oyi oxirigacha barra mol go‘shtiga 12% gacha chegirmalar va unumli narxlar!


    AKFA Group “INNOPROM 2024” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekistonda suyak bo‘g‘im kasalliklarining yechimi topildimi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35

    AQSHdan ketadigan noqonuniy migrantlarga tekin aviachipta beriladi

    Dunyo | 11 may, 21:30

    Superliga. “Mash’al” o‘z maydonida “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 21:15

    Tramp Xitoy bilan muzokarada katta yutuqlarga erishilgani haqida bayonot berdi

    Dunyo | 11 may, 20:56

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.