• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Uenzdey rolini qoyilmaqom ijro etgan va internetni “portlatgan” raqsni o‘zi o‘ylab topgan Jenna Ortega haqida 20 ta fakt

    Jenna Ortega 6 yoshidan boshlab filmlarda suratga tushadi, lekin 20 yoshga to‘lganida “Addamlar oilasi” kult filmi qahramoni Uenzdey roli tufayli butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli reaksiyaga sabab bo‘lgan va virusga aylangan raqsni qizning o‘zi o‘ylab topgan. Hozirda Jennani bo‘lajak Gollivud yulduzi deb atab, uni buyuk kelajak kutayotgani bashorat qilinmoqda.

    Foto: AdMe

    Jenna Ortega 2002-yil 27-sentabrda katta oilada tug‘ilgan, uning 6 aka-uka va opa-singillari bor. Qizning ajdodlari meksikalik va puerto-rikolik bo‘lgan.

    Jenna erta yoshdanoq filmlarda rol o‘ynashni boshlagani sababli barcha maktab o‘quvchilari kabi imtihonlardan o‘ta olmagani va bitiruv kechasida qatnashmaganidan afsuslanadi.

    Jenna 2004-yilda “G‘azab” filmini ko‘rganidan keyin aktrisa bo‘lishga qaror qiladi. U yosh Dakota Fenningning chiqishidan hayratda qoladi. “O‘shanda onamga bu aktrisaning puerto-rikolik versiyasi bo‘lishni xohlayotganimni aytganman”, deb eslaydi qiz.

    Bir kuni Jennaning onasi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga qizining videosini joylashtiradi va unga “Mening drama qirolicham” deb izoh yozadi. Iste’dodli qiz ishtirokidagi videoni kasting direktori payqab qoladi va Jennani uchrashuvga taklif qiladi. Biroz vaqt o‘tgach, yosh aktrisa reklama roliklarida rol o‘ynay boshlaydi.

    U ishtirok etgan birinchi film “Temir odam-3” edi. 11 yoshli Jenna vitse-prezidentning qizi rolini ijro etgan. “Ular men ishtirok etgan butun bir kadrni kesib tashlashgan, — deydi aktrisa. — Ammo men o‘ynagan o‘sha 2 soniyani ko‘rsatishganda, onam va do‘stlarim zavqdan baqirib yuborishgandi”.

    Bir yil o‘tgach, 2014-yilda qiz “Bokira Jeyn” teleserialida bosh qahramonning bolaligini o‘ynaydi.

    “Sirli o‘rta maktab tartibsizliklari” va “Bokira Jeyn” seriallarida.

    “Sirli o‘rta maktab tartibsizliklari” va “Bokira Jeyn” seriallarida.
    Foto: AdMe

    2016-yilda Jenna “Harlining hayoti” teleserialida bosh rolni ijro etadi, filmda u katta oiladan chiqqan vunderkind bola rolini o‘ynaydi. Qiz aktrisalikka qadam qo‘yishdan oldin, uning oilasi televizorda seriallar tomosha qilishni kanda qilmasdi. O‘shanda Jenna agar unga aktrisa bo‘lishga ruxsat berishsa, uni ham televizorda ko‘rishlarini aytadi. Onasi unga kinoya bilan: “Qo‘ysang-chi”, deb javob beradi. Lekin aynan shunday bo‘ldi.

    “Harlining hayoti” epizodlaridan birida aktrisa uchun bashoratli jumla bor edi. Serialda 7 nafar farzandning o‘rtancha qizi Harli oilasi uchun parkka sayohat uyushtirishga harakat qiladi. Ammo o‘sha kuni barcha aka-uka va opa-singillari band bo‘lganini bilib, u shunday deydi: “Yetti bola bo‘lsa-yu, sen esa o‘rtanchasi bo‘lsang shunday bo‘ladi. Agar oilamiz hafta bo‘lganida, men chorshanba bo‘lardim”. Chorshanba esa ingliz tilida “uenzdey” bo‘ladi.

    Foto: AdMe

    Aktrisa multfilm qahramonlariga ovoz berishda ham ishtirok etadi. Uning ishlari orasida “Shahardan tashqarida”, “Grinlar oilasi shaharda” va “Avalor malikasi — Elena” kartinalari bor.

    E’tirof etilgan “Siz” serialida Jennaning Elli ismli qahramoni 2-mavsumda paydo bo‘ladi va bosh qahramonning qo‘shnisi rolini o‘ynaydi. Bu uning Disney loyihalaridagi birinchi “katta” roli ekani uchun qiz juda xavotirlanadi: “Har kuni suratga olish maydonchasiga borganimda, meni ishdan bo‘shatishadi deb o‘ylardim”.

    2021-yilda Jenna qahramon Jennifer Garnerning to‘ng‘ich qizini o‘ynagan “Ha deyish kuni” komediyasi ekranlarga chiqdi.

    Muxlislar Jennani “qo‘rqinchli filmlar malikasi” deb atashadi, chunki qiz 2022-yilning o‘zida bir nechta shu janrdagi filmlar — “Iks”, “Enaga” va “Qichqiriq”da suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan.

    “Ha deyish kuni” va “Qichqiriq” filmlarida.

    “Ha deyish kuni” va “Qichqiriq” filmlarida.
    Foto: AdMe

    “Uenzdey” teleserialidagi taqdirini hal qiluvchi rol uchun videokastingdan o‘tayotgan paytida aktrisa grimda edi, bundan tashqari, u bir kundan beri uxlamagandi — Jenna o‘sha paytda Yangi Zelandiyada “Iks” qo‘rqinchli filmini suratga olish joyida bo‘lgan. “Men ekranda shu ko‘rinishda paydo bo‘lishim bilan Tim Berton kulib yubordi. Men ham”, — deb eslaydi u.

    Jenna Ortega 1991 va 1993-yillardagi “Addamslar oilasi” filmlarida Uenzdey rolini o‘ynagan Kristina Richchi bilan suratga tushishi haqidagi xabardan dahshatga tushganini aytadi. “U juda zo‘r aktrisa. Men u bilan tanishishga qarshi emasdim, lekin u Uenzdeyni benuqson o‘ynagan. Va bu men uchun ushbu serialda o‘ynash qiyin bo‘lganining yana bir sababi edi”, — deydi qiz.

    Jenna hamkasblari Gvendolin Kristi va Emma Mayers bilan “Uenzdey” serialining suratga olish jarayonida.

    Jenna hamkasblari Gvendolin Kristi va Emma Mayers bilan “Uenzdey” serialining suratga olish jarayonida.
    Foto: AdMe

    Jenna “Juda g‘alati ishlar” serialining ashaddiy muxlisi bo‘lib, uning ishtirokidagi “Uenzdey” loyihasi yaqinda mazkur serial rekordini yangiladi.

    Jenna vegetarian bo‘lib, hayvon mahsulotlarini iste’mol qilmasdi, lekin Ruminiyada o‘tgan serialni suratga olish paytida u chet elda ovqatlanishni muvozanatlash uchun baliq iste’mol qila boshladi.

    Rejissor Tim Bertonning maslahatiga ko‘ra, Uenzdey rolini o‘ynaganida Jenna kamdan kam kiprik qoqqan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, bu unchalik oson bo‘lmagan: “Agar ko‘zimni pirpiratib yuborsam, butun sahnani qayta suratga olishim kerak edi. Qish bo‘lgani uchun yuzimga shamol tegib, ko‘z yoshlarim oqardi. Ammo bunga ko‘nikib, faqat boshqa odamlar gapirayotgan paytda ko‘zimni pirpiratib olardim”.

    “Uenzdey” seriali premyerasida. 2022-yil Met Gala’da.

    “Uenzdey” seriali premyerasida. 2022-yil Met Gala’da.
    Foto: AdMe

    Jenna o‘qishni yaxshi ko‘radi. Intervyuda u Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romanini o‘qiganini aytadi, chunki bu kitob u rol o‘ynagan “Sen” serialida tilga olingan.

    “Uenzdey” serialida violonchel chalish sahnasi uchun Jenna suratga olish boshlanishidan 2 oy oldin cholg‘u asbobini chalishni o‘rgana boshlaydi.

    Aktrisa kino mukofotlari uchun bir nechta nominatsiyalarga ega, jumladan Uenzdey roli uchun “Oltin globus”ga sazovor bo‘lgan.

    Jenna 2018 va 2022-yillarda.

    Jenna 2018 va 2022-yillarda.
    Foto: AdMe

    Jenna intervyularida shaxsiy hayoti haqida gapirmaydi va u haqidagi g‘iybatlarga hazil bilan javob beradi: “Internetdagi ma’lumotlarga ko‘ra, men 6 ta yigit bilan yurgan ekanman. Aslida esa ularning hech biri bilan uchrashmaganman”.

    2017-yilda qiz do‘sti, qo‘shiqchi Jeykob Sartoriusning Chapstick klipida rol o‘ynadi.

    2020-yilda 18 yoshli aktrisa o‘zining shaxsiy hikoyalari to‘plami bo‘lgan birinchi kitobi — “Bularning barchasi sevgi: yurak va qalbingiz uchun mulohazalar” nomli to‘plamini chiqardi.

    2022-yil dekabrida “Uenzdey”da Xaver Torp rolini o‘ynagan Persi Uayt va Jenna “Qish, bahor, yoz yoki kuz” romantik komediyasida suratga tushishi ma’lum bo‘ldi. Yangi Gollivud yulduzi birinchi marta loyihada ijrochi prodyuser sifatida ham ishlaydi.

    Jenna va Persi Uayt “Uenzdey” serialida

    Jenna va Persi Uayt “Uenzdey” serialida
    Foto: AdMe

    Garchi hozirda aktrisalik karyerasiga e’tibor qaratgan bo‘lsa-da, kelajakda Jenna rejissor bo‘lishni xohlaydi.

    Yaqin kelajakda aktrisaning bir vaqtning o‘zida bir nechta yangi loyihalari, jumladan, “Qichqiriq-6” qo‘rqinchli filmi, “Eng yaxshi ko‘rinish” trilleri va “Millerning qizi” komedik-dramasi ekranlarga chiqadi.

    Mavzuga doir:

    • Bred Pitt doim nimadir chaynaydi, Kira Naytli iyagini o‘ynatadi, Natali Portman yig‘laydi — deyarli har bir filmida bir xil harakatni takrorlaydigan aktyorlar (foto)
    • Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozirda qanday ko‘rinishda?
    • Yillar o‘tib, filmdagi mashhur sahnani qayta takrorlash uchun birgalikda suratga tushgan sevimli juftliklar (foto)

    30.12.2022, 13:51   Izoh (0)   18221
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Ikkinchi bor ona bo‘lgan Xanna, mashinasini sotayotgan Shohruxxon, Yangi yilni xorijda kutadigan san’atkorlar

    29.12.2022, 22:59

    Ra’no Shodiyeva — eng yaxshi aktrisa, Hoshim Arslonov — yil aktyori. “Oltin Humo” taqdirlash marosimidan reportaj (foto, video)

    29.12.2022, 22:52

    “Taksi” filmidagi Petra hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan mashg‘ul? (foto)

    29.12.2022, 20:50

    Burak O‘zchivit: Turk kinosi yulduzining muvaffaqiyat sari uzoq yo‘li hamda shaxsiy hayoti haqida

    29.12.2022, 19:41

    Mashhurlarning hayoti ba’zan filmlardagi komedik holatlardan ham qiziq ekanini isbotlaydigan voqealar

    29.12.2022, 17:45

    Bred Pitt doim nimadir chaynaydi, Kira Naytli iyagini o‘ynatadi, Natali Portman yig‘laydi — deyarli har bir filmida bir xil harakatni takrorlaydigan aktyorlar (fot...

    29.12.2022, 14:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.