Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 16-turida “PSJ” o‘z maydonida “Strasbur”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Markinyos hisobni ochdi. Biroq 51-daqiqada braziliyalik himoyachining o‘zi avtogol muallifiga aylanib, muvozanat tiklanishiga sababchi bo‘ldi.
62-daqiqada Neymar qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. O‘yin so‘ngida esa Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshirib, parijliklarga g‘alaba keltirdi.
Parij klubi 44 ochko bilan musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi.
Shuningdek, 16-tur doirasida “Lion” “Brest” ustidan 4:2 hisobida zafar quchdi.
Liga 1
16-tur bahslari
28-dekabr, chorshanba
“PSJ” – “Strasbur” 2:1
Gollar: 1:0 – 14 Markinyos, 1:1 – 51 Markinyos, 2:1 – 90+6 Mbappe (penalti).“PSJ”: Donnarumma, Mukiele, Ramos, Markinyos, Bitshiabu (Hakimi, 79), Verratti, Fabian Ruis, Vitinya (Sarabiya, 73), Neymar, Mbappe, Ekitik (Soler, 73).
“Strasbur”: Zels, Dukure, Jiku, Nyamsi, Perren, Bellgard, Diarra (Sissoko, 78), Prsich (Axolu, 65), Tomasson, Gameyro (Diallo, 78), Ajork.
Ogohlantirishlar: Nyamsi (49), Verratti (50), Neymar (61), Mbappe (90+7).
Chetlatish: Neymar (62).
Izoh (0)