“Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoaning natijalari borasida gapirdi.
“Tarkibimiz ajoyib, bizda 4 nafar JCH—2022 finalchisi bor (Antuan Grizmann, Rodrigo de Paul, Nauel Molina, Anhel Korrea). Balki, murabbiy yetarlicha kuch sarflamayotgandir. Jamoa La Ligada yaxshi o‘ynashi uchun men javobgarman.
Agar Suares va Trippyerni hisobga olmasak, chempion bo‘lgan yilimizdagi tarkibni deyarli saqlab qolganmiz. Asosiy tarkib o‘sha-o‘sha, faqat Grizmann qo‘shilgan.
Murabbiy aslida hammasiga aybdor”, — deydi Simeone.
Izoh (0)