Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida ta‘lim sohasidagi islohotlar haqida murojaati davomida pedagoglar bilan muloqot qildi.
Davlat rahbariga pedagoglardan biri Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi maktablardan birida uch nafar o‘qituvchi 11 mln so‘m oylik olganini aytdi.
Davlat rahbari bunga javoban jumladan shunday dedi:
“Xo‘sh, aytinglarchi, xuddi shu maktabda 30 nafar o‘qituvchi yetarlicha ishlab, shuncha maosh olishsa, biz qarshi bo‘lamizmi? Aksincha, men faqat xursand bo‘laman.
Men ko‘p ta’kidlayman – agar yurishdan sekinlashsak, o‘tirgimiz keladi. O‘tirsak yotgimiz keladi, yotsak uyqumiz keladi. Shu tarzda rivojlantishdan ortda qolib ketamiz. Ayniqsa siz o‘qituvchilar jamiyatdan ortda qolmasligingiz kerak”.
Izoh (0)