Italiyaning “Inter” jamoasi Markus Tyuramni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Inter News nashrining xabariga ko‘ra, milanliklar yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan “Borussiya M” forvardiga 5 yillik shartnoma va yiliga 5 million yevro maosh taklif qilgan.
Yanvar oyining boshidan Markus boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi. “Nerazzurilar” ushbu imkoniyatdan foydalanib qolmoqchi.
25 yoshli futbolchi joriy mavsum nemis klubida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Fransiya terma jamoasi a’zosi JCH—2022 da 5 ta o‘yinda 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Izoh (0)