Lionel Skaloni JCH—2022 dagi g‘alabadan so‘ng Argentina bosh murabbiyligida qoladi.
44 yoshli mutaxassisning terma jamoa bilan amaldagi shartnomasi joriy yil yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Biroq rahbariyat murabbiy bilan shartnomani uzaytirishni o‘ylamoqda. Bu haqida Argentina futbol assotsiatsiyasi rahbari Klaudio Tapia ma’lum qildi.
“Skaloni — Argentina terma jamoasining bosh murabbiyi. Biz og‘zaki kelishuvga erishdik. U farzandlaridan birining hujjati masalasini hal qilish uchun Ispaniyaga ketgan. Mamlakatga qaytib kelganidan so‘ng, shartnoma imzolaymiz”, — deydi Tapia.
Skaloni 2018-yilda Argentina terma jamoasini qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Amerika Kubogi, Finalissima va Jahon Chempionatida g‘alaba qozondi.
Izoh (0)