“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford APL 17-turi doirasida “Nottingem Forest”ga qarshi kechgan bahsda (3:0) gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu Reshford uchun Premyer Liga doirasidagi 64-gol bo‘ldi. Bu borada 25 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted” to‘purarlari orasida 8-o‘rindagi Erik Kantonaga yetib oldi.
Yettinchi o‘rinda 91 ta gol bilan Ole-Gunnar Sulsher bormoqda. Rekordchi — Ueyn Runi (183).
Top-6 likdan Rayan Giggz (108 gol), Pol Skoulz (107), Krishtianu Ronaldu (103), Rud van Nistelroy (95) va Endi Koul (93) joy olgan.
Mavzuga doir: “Manchester Yunayted” APLda so‘nggi ikki yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Izoh (0)