“Manchester Yunayted” Premyer Liga 17-turi doirasida kechgan “Nottingem Forest”ga qarshi bahsda (3:0) g‘alaba qozondi.
Erik ten Hag qo‘l ostidagi jamoa ketma-ket to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozondi. Avvalroq “Yunayted” “Aston Villa” (4:2), “Byornli” (2:0) va “Fulhem”ni (2:1) taslim etgandi.
Oxirgi marta mankunianlar 6-oktabrda “Aston Villa”ga yutqazgandi (1:3). Shundan keyin jamoa 11 g‘alaba va ikkita durang qayd etdi.
“Manchester Yunayted” APL doirasida so‘nggi to‘rtta uy o‘yinida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bunaqasi 2020-yilning iyunidan beri ilk bor kuzatildi.
Shuningdek, jamoa Erik ten Hag qo‘l ostida APLdagi dastlabki yirik g‘alabasiga erishdi.
Izoh (0)