Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 26-dekabr kuni erkak dorixona sotuvchisiga kuch ishlatdi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat soat 02:39 da Guliston shahar IIBga Sirdaryo viloyati 102 xizmati bergan xabariga ko‘ra ro‘yxatga olinib, IIB xodimlari tomonidan holat ishtirokchilari aniqlanib, qonuniy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Olib borilgan tergovoldi surishtiruv harakatlariga ko‘ra, fuqaro D.R. turmush o‘rtog‘i betobligi sababli ayollarga kerakli bo‘lgan dorini do‘stlari oldida so‘ramaslik maqsadida sotuvchi Y.T.dan yaqinroq kelishni talab qilgan. Bu vaqtda o‘zaro gap talashib qolishgan va videolavhadagi holat yuz bergan.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabarida aytilishicha, protsessual harakatlar yakuniga ko‘ra aybdorlarga qonuniy chora ko‘rilib, qonun ustuvorligi ta’minlanadi.
Mavzuga doir: Farg‘onadagi maktabda o‘quvchining yaqinlari o‘qituvchilarni kaltakladi
Izoh (0)