“PSV” hujumchisi Kodi Gakpo faoliyatini “Liverpul”da davom ettiradi.
Tomonlar kelishuvga erishgani haqida Eyndhoven klubi matbuot xizmati ma’lum qildi. Futbolchi kelishuvning so‘nggi masalalarini hal qilish uchun Angliyaga yo‘l olgan.
The Athletic xabariga ko‘ra, “Liverpul” niderlandiyalik forvard uchun 37 million funt to‘laydi. Shuningdek, bonus pullari ham nazarda tutilgan.
Gakpo “PSV” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2018-yildan beri asosiy jamoada harakat qilib keladi. 23 yoshli futbolchi joriy mavsum Niderlandiya chempionatida 14 o‘yin o‘tkazib, 9 gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Gakpoga “Manchester Yunayted” va “Chelsi” klublaridan ham qiziqish bo‘lgandi.
Izoh (0)