Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,91 so‘mga tushib, 11 194,20 so‘mni tashkil qildi. Yevro 3,04 so‘mga ko‘tarilib, 11 891,60 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,50 so‘mga pastlab, 163,62 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket to‘rt kun pastlab, 11 206,11 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro ham tushib, rubl ko‘tarilgandi.
Izoh (0)