Amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketgan Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha “Pulkovo” xalqaro aeroportida uni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
26-dekabr kuni davlat rahbari MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Izoh (0)