“Manchester Siti” Angliya Liga Kubogining nimchorak finalida “Liverpul” ustidan g‘alaba qozondi.
Pep Gvardiola 10-marta Yurgen Kloppni mag‘lub etdi. Nemis mutaxassis shu vaqtga qadar hech qaysi murabbiyga buncha ko‘p mag‘lubiyatga uchramagandi. Faqatgina Feliks Magat Klopp ustidan 8 marta zafar quchgan.
Pep “Bavariya” bosh murabbiyligi vaqtida 4 marta Klopp ustidan g‘alaba qozongan. O‘shanda Yurgen “Borussiya D” boshqaruvida edi.
Gvardiola va Klopp o‘zaro 27 marta to‘qnash kelgan. Nemis murabbiyi 12 marta ispaniyalik ustidan zafar quchgan.
Izoh (0)