“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Angliya Liga Kubogi 1/8 finali doirasida kechgan “Manchester Siti”ga qarshi bahsda (2:3) gol urishga erishdi.
Bu 30 yoshli futbolchi uchun “Manchester Siti” darvozasiga urilgan 10-gol bo‘ldi. Saloh Pep Gvardiola qo‘l ostidagi “shaharliklar”ga 10+ gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi. Buning uchun Muhammad 16 ta o‘yin sarfladi.
Saloh, shuningdek, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” klublariga ham 10 tadan to‘p kiritgan.
Saloh APL joriy mavsumida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 6 gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Izoh (0)