Klaudio Ranyeri “Kalyari” jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.
71 yoshli mutaxassis B Seriya vakili bilan 2025-yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
“Kalyari” hozirda Italiya ikkinchi divizioni jadvalining 14-o‘rnida bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ranyeri 1988—1991-yillarda ham “Kalyari”da ishlagan. Klaudio 1989-yilda jamoani C Seriyadan B Seriya chiqishiga hissa qo‘shgan. Shundan so‘ng 1990-yilda yuqori divizionga olib chiqqan.
Ranyerining so‘nggi klubi “Uotford” edi. Mutaxassis 2022-yil yanvar oyida iste‘foga chiqqandi.
Izoh (0)