• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Zamon xatarlari oldida yelkama-yelka turishga tayyorligimizni tasdiqladik” — Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani haqida

    O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston prezidenti so‘zining avvalida ko‘p millatli xalq va shaxsan o‘z nomidan Qozog‘iston prezidenti va qardosh xalqini yaqinda nishonlangan Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Qardosh o‘zbek va qozoq xalqlari ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari bilan chambarchas bog‘langani ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Umumiy tariximiz, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz bizni birlashtirib turadi. Qozog‘iston O‘zbekiston uchun eng yaqin, ishonchli va davr sinovidan o‘tgan hamkordir. Bugungi murakkab zamonda o‘zaro munosabatlarimiz davlatlararo hamkorlikning namunasi bo‘la oladi, deb hech mubolag‘asiz aytishimiz mumkin, — dedi davlat rahbari.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident bo‘lib o‘tgan muzokaralar O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki tomonlama munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish va boyitish, ularga sifat jihatidan yangi amaliy mazmun berishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi. Qardosh xalqlarning tub manfaatlariga to‘liq javob beruvchi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolangani tashrifning eng muhim natijasi bo‘ldi. Bundan tashqari, davlat rahbarlari darajasidagi Davlatlararo kengash tuzilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Bu bilan bir-birimizni faol qo‘llab-quvvatlashga, zamon xatarlari oldida yelkama-yelka qat’iy turishga tayyorligimizni tasdiqladik, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
    Qabul qilingan navbatdagi muhim hujjat — mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralarning huquqiy rasmiylashtirilishini to‘liq yakuniga yetkazgan O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida shartnoma.
    Bu — chinakam tarixiy voqea. Hech shubhasiz, chegaralarimiz doimo haqiqiy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik hududi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, — dedi O‘zbekiston prezidenti.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Faol siyosiy muloqot tufayli barcha sohalarda katta muvaffaqiyatlarga erishilgani, keng ko‘lamli hamkorlik jadal sur’at bilan rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi. Keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi ikki barobar oshgani va besh milliard dollarga yaqinlashgani buning tasdig‘idir.
    Biz uchinchi mamlakatlarning qimmat importi o‘rnini ishlab chiqaruvchilarimiz mahsulotlari bilan to‘ldirish orqali bu ko‘rsatkichlarni yaqin orada karrasiga oshirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu munosabat bilan bosh vazirlar o‘rinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhni shakllantirish va o‘rnini bosish rejalashtirilayotgan mahsulotlarni tizimli yetkazib berish uchun qo‘shma tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. An’anaviy ravishda bir-birini to‘ldirib turgan tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Davlat rahbarlari Samarqand viloyatida issiqlik elektr stansiyasini qurish, Toshkent viloyatida kompleks va fosforli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, logistika markazini tashkil etish, Toshkentda uy-joy va tijorat infratuzilmasini barpo etish, Qo‘stanoyda avtomobillar va Qarag‘anda viloyatida maishiy texnika ishlab chiqarish kabi yirik loyihalarga start berib, bu boradagi sheriklik rivojiga yangi sur’at bag‘ishladi.
    Biz, shuningdek, o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun muhim maydon bo‘ladigan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini barpo etishga kirishamiz, — dedi O‘zbekiston prezidenti.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Muzokaralar chog‘ida energetika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Energetika obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash borasida yangi loyihalar amalga oshirilishi ta’kidlandi.

    Davlat rahbarlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan ham fikr almashdi. Shu maqsadda ikki mamlakat hududlarida turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ikki mamlakat bozorlariga o‘zaro yetkazib berishga kelishib olindi.

    Kun tartibida transport va logistika masalalari muhim o‘rin egalladi. Transport-tranzit salohiyatini yanada oshirish, yangi temir va avtomobil yo‘llarini qurish loyihalarini faollashtirish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi. Davlat rahbarlari transchegaraviy suv resurslaridan hurmat va ishonch ruhida birgalikda foydalanish borasidagi hamkorlikni davom ettirish hamda Orol fojiasining salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Parlamentlarning roli ortib borayotganini hisobga olib, qonun chiqaruvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi aloqalar faollashtiriladi. Kelgusi yilda Toshkentda Parlamentlararo kengashning birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi. Prezident muzokaralarda madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirishga katta e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

    2022-yilda mamlakatlar diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini keng nishonladi. Oktabr oyida Olmaotada “Orol durdonasi” ko‘rgazmasi, noyabrda Ostonada O‘zbekiston madaniyati kunlari, dekabr oyida esa Yoshlar kongressi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Shu kunlarda O‘zbekistonda qozoq xalqining ardoqli farzandi Abay Qo‘nonboyevga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tmoqda.

    Abayning o‘lmas merosi bugun ham mintaqamiz xalqlari uchun, ayniqsa, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
    Kelgusi yilda ham madaniyat kunlari, qo‘shma kinofestivallar, taniqli san’atkorlarning ijod kechalarini o‘tkazishga kelishib olindi. Bu qardosh xalqlarning yanada yaqin bo‘lishiga, umumiy tarixiy ildizlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Davlat rahbari O‘zbekiston va Qozog‘iston bugungi kunda global o‘zgarishlar markaziga aylanib borayotgan mintaqada taraqqiyot va ravnaqni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirishini ta’kidladi.
    Markaziy Osiyoda ko‘p qirrali va uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash umumiy barqaror taraqqiyotning kafolatidir, — dedi O‘zbekiston yetakchisi.
    Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazib borish muhimligi alohida qayd etildi. O‘tkazilgan muzokaralarda nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida mamlakatlar ilgari surayotgan tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash amaliyotini davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

    Umumiy manfaatlar mavjudligini hisobga olib, tomonlar BMT, MDH, SHHT, TDT, IHT, OHICHK doirasida hamda “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

    Qozog‘iston Respublikasi prezidentining mamlakatimizga davlat tashrifi davomida ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi — strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilgani bizni juda xursand qiladi. Munosabatlarimizni har tomonlama mustahkamlash va rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakat va imkoniyatlarni yo‘naltiramiz, — dedi so‘zining yakunida Shavkat Mirziyoyev.

    22.12.2022, 19:04   Izoh (0)   13705
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda “Dok-1 Maks” dorisidan bolalarning ommaviy o‘lim holati qayd etildi

    22.12.2022, 18:11

    “Xalqimiz parlament a’zolari saylanishida befarq bo‘la turib, keyin ulardan biror narsa talab qilishi g‘alati hol” — iqtisodchi Abdulla Abduqodirov

    22.12.2022, 18:02

    Afg‘onistonda O‘zbekiston tomonidan yuborilgan insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    22.12.2022, 17:37

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi

    22.12.2022, 16:38

    Ostonada Alisher Navoiy haykali o‘rnatiladi

    22.12.2022, 16:05

    O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari energetika quvvatlarini modernizatsiya qilishga kelishib oldi

    22.12.2022, 15:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Hibsga olinishim fransuz politsiyasining xatosi bo‘lgan” — Pavel Durov

    Dunyo | 25 avgust, 12:40

    “Baʼzi direktorlar norozi bo‘ldi, ammo javobgarlikni zimmaga oldim” — Surxondaryo hokimi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:30

    O‘zbekiston eksport qilgan 21 tonna qovun Qirg‘izistonga kiritilmadi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:20

    Samarqandda triatlon bo‘yicha an’anaviy “Challenge Samarkand-2025” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

    Sport | 25 avgust, 12:07

    O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlar bir yil davomida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:05

    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

    Reklama | 25 avgust, 12:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.