Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,75 so‘mga tushib, 11 255,08 so‘mni tashkil qildi. Yevro 48,96 so‘mga pastlab, 11 949,27 so‘m bo‘ldi. Rubl 4,14 so‘mga tushib, 159,39 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 11 277,83 so‘mni tashkil qilgandi. Rubl ham pastlab, yevro oshgandi.
Izoh (0)