• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yarmi yopiladigan vazirlik va idoralar, jonsiz parlament va ta’lim yili — prezident murojaatnomasi haqida mulohazalar

    Bugun, 20-dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi. Murojaatda boshqaruv, parlament, sud, energetika, ta’lim va boshqa sohalarda qilinadigan o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘z bordi. “Daryo” muxbiri prezident murojaati bo‘yicha tadbir ishtirokchilaridan intervyu oldi.

    “Menga markazlashuv kuchayib ketdi degan gap yoqdi”

    Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov prezidentning davlat boshqaruvi, parlament, korrupsiya va ta’lim sohalarida nimalar o‘zgarishi zarurligi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi.

    Kamoliddin Rabbimov

    Kamoliddin Rabbimov
    Foto: “Daryo”

    “O‘zbek jamoatchiligida davlat boshqaruv apparati ancha kengayib ketdi, degan fikr mavjud. Majlisda 61 ta vazirlik va muassasalar soni 28 taga tushiriladi, deyildi. Ixcham va samarador boshqaruv apparati haqida ko‘p gapirildi. Prezidentning markazlashuv kuchayib ketdi, degan gapi menga juda ham yoqdi.

    Parlamentning ikkala palatasida ham siyosiy tafakkur shakllanib bo‘lgan. Bir qanchagina senator va deputatlar vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirib turibdi. Keyingi saylovlarga ham oz qoldi. Va unga alohida e’tibor berish kerak. Nihoyatda kuchli, professional, erkin va yuqori malakali parlament bo‘lishi lozim.

    Ta’lim, boshqaruv, investitsiya va sud tizimlarida korrupsiya mavjudligi aytildi. Bu ijobiy signal. Korrupsiyani tizimli bir o‘zanga solishga harakat qilinyapti.

    Insonga e’tibor va sifatli ta’lim haqida ham gapirildi. Bu meni xursand qiladi. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi hozirgidan ikki barobarga o‘ssa, tabiiy barqarorlik bo‘ladi. Buning uchun inson kapitaliga alohida e’tibor berilishi kerak. Sifatli ta’lim orqali juda keng miqyosdagi milliy boylik yaratish mumkin. Ba’zi mamlakatlar neft va gaz hisobiga bemalol kun ko‘radi. Ammo biz gazni eksport qilsak, o‘zimizni ta’minlay olmaydigan holatdamiz. Inson kapitalini shakllantirish O‘zbekiston uchun strategik barqarorlik va taraqqiyot masalasi”, – dedi mutaxassis.

    “Xavotirlarim ham yo‘q emas”

    Iqtisodchi Abdulla Abduqodirov energetika, davlat budjeti va iqtisodiy blok boshqaruvi masalalarida fikr bildirdi.

    Abdulla Abduqodirov

    Abdulla Abduqodirov
    Foto: “Daryo”

    “Davlat xarajatlarini qisqartirish muhim. Davlat xarajati ko‘paygani sababli ham budjet kamomadi 4 foizga chiqib ketdi. Bu achinarli holat. Muammoga yana bir sabab esa energetika sohasida subsidiyalar hajmining ko‘payib ketgani bilan bog‘liq. Murojaatda energetika sohasida katta islohotlar qilamiz, deyildi. Xususan, gaz sohasida berilgan litsenziyalar qayta ko‘rib chiqilishi aytildi.

    Bu sohada har tomonlama o‘ylab keyin ish qilish kerak. Chunki energetika xalq xo‘jaligini aniqlab beradigan sohadir. Agar energetikada tartibsizlik bo‘lsa, tariflar ko‘tarilib ketsa, bu butun xalq xo‘jaligiga ta’sir qiladi. Energetika narxining o‘sishi, birinchi navbatda oziq-ovqat narxi qimmatlashishiga olib keladi. Shuning uchun sohadagi o‘zgarishlar qanday bo‘lar ekan degan savol va xavotirim bor.

    Yana bir masala shundaki, bugungi kunda g‘aznachilikni Moliya vazirligidan alohida chiqarib, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birlashtirib yuborish kerak.

    Iqtisodiyot vazirligi bilan Moliya vazirligini ham birlashtirsa bo‘ladi.

    Markaziy bank mustaqilligini saqlab qolish kerak. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligini Investitsiyalar va sanoat vazirligiga aylantirish lozim. Chunki sanoat siyosati yaqqol ko‘rinmayapti. Tog‘-kon sanoatida qilinayotgan katta ishlarga prezident ham e’tibor berdi. Nima uchun bu ishlarni qilyapmiz? Ho‘p, misni ishlab chiqaraylik. Keyin uni nima qilamiz, mahsulotni qayta ishlash masalasi ham bo‘ladimi yoki yo‘q.

    Sanoat siyosati bugun biz uchun juda dolzarb dolzarb masala. Lekin uni investitsiyadan tashqari holda ko‘rish imkoniyati yo‘q. Aynan sanoatga investitsiyalar bugungi kunda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bugun ijtimoiy himoyaga javob beradigan vazirlik ham kerak. To‘g‘ri, bir paytlar bo‘lgandi. Menimcha, Mehnat vazirligi bilan ijtimoiy himoya vazirligini bitta qilib tashkil etish mumkin. Ular kambag‘allikni qisqartirishga ham javob berishi kerak”, – dedi iqtisodchi.

    “Avval saylovlarda faol qatnashaylik”

    Abdulla Abduqodirov so‘zi davomida kuchli parlament barpo bo‘lishi uchun xalq o‘z nomzodlarini saylashi kerakligi haqida gapirdi.

    “Parlamentchilik hech qaysi mamlakatda birdaniga zo‘r bo‘lib ketmagan. To‘g‘ri, bu sohada ham islohotlar amalga oshyapti. Lekin xalqimiz parlament a’zolarini saylanishida befarq bo‘lib turib, keyin ulardan biror narsani talab qilishi g‘alati hol. Avval saylovlarda faol qatnashaylik. O‘zimizga mos bo‘lgan va o‘zimiz istagan deputatlarni saylaylik. Keyin ulardan talab qilsak to‘g‘ri bo‘ladi. Hokim bergan bitta ro‘yxat bilan deputatlarga ovoz berib, o‘zimiz parlamentni saylab qo‘yganmiz, yana ulardan norozi bo‘lamiz. Keyingi saylovlarda sal boshqacharoq bo‘lishi kerak. Nomzodlarni o‘zimiz tanlashimiz lozim. Shunda ulardan ishni talab qilsak to‘g‘riroq bo‘ladi”, – dedi mutaxassis.

    “Endi fuqarobay ishlaymiz”

    Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev prezidentning mahallalarda aylanmadan olinadigan soliq mablag‘larining bir qismi qoldirilishi va u pullarni ijtimoiy masalalarga sarflanishi haqidagi tashabbusi to‘g‘risida fikr bildirdi. Hokimining aytishicha, bu tizim yaxshi samara beradi.

    Zoyir Mirzayev

    Zoyir Mirzayev
    Foto: “Daryo”

    “Mahalla budjeti degan termin O‘zbekiston uchun yangi. Lekin buning bazasi, mahallada bu mablag‘ni sarflashga fundament bormi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Fundament bor. Chunki hokim yordamchilarining 85 foizi iqtisodchi. Ularda olingan mablag‘ni o‘zlashtirish tajribasi bor. Ikkinchidan mahalla raislari ham ancha tajriba orttirgan. Men ishonaman bu tizim o‘z o‘rnini topadi. Dunyoda muqobili yo‘q yo‘nalish bo‘ladi”, – dedi hokim.

    Zoyir Mirzayev 2023-yilda Toshkent viloyatida qilinishi rejalashtirilgan uchta muhim o‘zgarish haqida ham gapirdi.

    “Ichimlik suvi va yo‘l masalasi birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Buning uchun bir trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi.

    Ikkinchi yo‘nalish aholi muammolari bo‘yicha tizimli ishlash. Ilgari biz mahallabay, ko‘chabay va xonadonbay ishladik. Endi fuqarobay ishlab, fuqarolarni dardini ko‘tarib, ularga yordam beradigan tizimni Oqqo‘rg‘on tajribasi sifatida boshlaganmiz. Buni oxiriga yetkazamiz.

    Uchinchi yo‘nalish ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini qamrab oladi. Tibbiyotda masalalari eng ko‘p hududlardan biri Toshkent viloyati bo‘lsa kerak. Shunga ustuvorlik beriladi. Ta’limda esa vazifamiz aniq. Bu yil nomi ham ta’lim bo‘ldi. E’tibor o‘z-o‘zidan kelib chiqadi”, – dedi viloyat hokimi.

    20.12.2022, 21:23   Izoh (0)   15821
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar joylaydigan bo‘ldi

    20.12.2022, 21:13

    Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatgani tahlil qilindi

    20.12.2022, 20:32

    O‘zbekistonda 2022-yilda oldingi yilga nisbatan 4,4 foiz ko‘proq elektr ishlab chiqarildi

    20.12.2022, 20:21

    O‘zbekistonda pensiya faqat pasport yoki ID-karta orqali ham tayinlanishi mumkin

    20.12.2022, 19:46

    Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi — suratlarda

    20.12.2022, 19:22

    Qishloq xo‘jaligi yangiliklarini yoritishga ixtisoslashgan “Agro TV” telekanali ish boshladi

    20.12.2022, 18:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.