Germaniyaning shimoli-g‘arbidagi Vilgelmshaven shahrida mamlakatdagi birinchi suzuvchi suyultirilgan gaz (LNG) terminali ishga tushirildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Ochilish marosimida Germaniya kansleri Olaf Shols ishtirok etdi va u Rossiyadan energiya yetkazib berishni to‘liq qoplash uchun yangi LNG terminallarini qurish zarurligini ma’lum qildi.
“Bizning maqsadimiz — bu yil va keyingi yil Rossiya gazining yo‘qotilishini to‘liq qoplash. Yangi LNG terminallarini qurishni davom ettirish, shuningdek, kelajakda yangi yetkazib berish shartnomalarini kelishish kerak”, — dedi Shols.
Yangi terminal 22-dekabrdan nemis xonadonlariga gaz yetkazib berishni boshlaydi. Bu yiliga Germaniyadagi 50 mingdan ortiq xonadonga xizmat ko‘rsatish uchun yetarlidir.
Olaf Shols noyabr oyi oxirida birinchi nemis LNG terminallari ochilishini e’lon qilgandi. Germaniya energetika sektorini isloh qilish uning Rossiya resurslarini yetkazib berishga qaramligini minimallashtirishga qaratilgan.
Avvalroq Rossiyadan Yevropa Ittifoqiga LNG yetkazib berish hajmi rekord darajaga ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)