Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush iste’foga chiqdi.
68 yoshli mutaxassis o‘z vazifasidan ozod etildi, deya xabar beradi A Bola nashri. Murabbiy bilan shartnoma 2024-yilga qadar mo‘ljallangan edi.
Snatush 2014-yildan buyon buyon Portugaliyani boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Yevro—2016 va 2019-yilgi Millatlar Ligasida g‘alaba qozongan. JCH—2022 da esa chorak finalda Marokashga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Santush qo‘l ostida Portugaliya 109 ta o‘yin o‘tkazdi va uning 67 tasida g‘alaba, 19 tasida mag‘lubiyat va 23 tasida durang natija qayd etilgan.
Izoh (0)