Germaniyaning “Bavariya” va Italiyaning “Inter” jamoasi futbolchilari 40 yildan buyon Jahon Chempionati finallarida ishtirok etib kelmoqda.
Ushbu seriya 1982-yilda boshlangan va bugungi kunda ikkala jamoa futbolchilari ketma-ket 11-finalda ishtirok etadi.
JCH—2022 hal qiluvchi bahsida Argentina va Fransiya o‘zaro to‘qnash keladi. “Inter” futbolchisi Lautaro Martines janubiy amerikaliklar safida maydonga tushadi. Yevropaliklar qaydnomasidan joy olgan Benjamen Pavar, Dayo Upamekano, Kingsli Koman va Luka Ernandes “Bavariya” sharafini himoya qiladi.
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan mundialning final uchrashuvi 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)