O‘zbekistonda eski uylarning narxi noyabr oyida ham o‘sgani ma’lum bo‘ldi
Oktabr oyida O‘zbekistondagi eski uylar narxi qanday o‘zgargani tahlil qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.
Noyabr oyida ikkilamchi bozorda (eski uylar) uy-joylarning o‘rtacha narxi 3,9 foizga oshdi (iyul oyida — 2,5 foiz, avgust oyida — 0,5 foiz, sentyabr oyida — 1,1 foiz, oktabr oyida — 2,3 foiz).
Yil boshidan buyon ikkilamchi bozorda uy-joylarning tez o‘sishi kuzatilmoqda. Xususan, mamlakatda 1 kvadrat metr uchun uy-joy narxi 15,8 foizga oshdi.
Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng sezilarli o‘sishi Toshkent — 22,9 foiz, Navoiy — 22 foiz viloyatlari va Toshkent shahrida — 22,7 foiz kuzatildi.
Poytaxtda ikkilamchi uy-joy bozoridagi narx bir oy ichida 2,4 foizga qimmatlashdi (iyul oyida — 2,4 foiz, avgust oyida — 1,4 foiz, sentyabr oyida — 1,7 foiz, oktabr oyida — 4,6 foiz).
Narxlarning eng yuqori o‘sishi poytaxtning Bektemir — 12 foiz, Mirobod — 5 foiz va Yunusobod — 4 foiz tumanlarida qayd etildi.
Toshkent shahrida va hududlar ma’muriy markazlarida ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘zgarishi (1 kvadrat metr uchun dollarda):
Avvalroq O‘zbekistonning qaysi hududlarida ko‘proq ipoteka kreditlari berilayotgani haqida xabar berilgandi.