• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “O‘rtadagi 13 yosh farq pasportdagi raqamlar xolos”: aktyor Xyu Jekman rafiqasi bilan birga o‘tkazgan yaxshi-yomon kunlari haqida

    Xyu Jekman omadli odamlardan biri, chunki u bir umr birga bo‘ladigan ko‘nglidagi ayolni uchratgan. Deborra-Li esa aktyordan 13 yosh katta bo‘lsa-da, bu yosh farqi oshiqlar uchun to‘siq bo‘lolmadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    1995-yilda Xyu Jekman G‘arbiy Avstraliya san’at akademiyasini tamomlagandan keyin o‘zining birinchi loyihalaridan biri bo‘lgan “Korrelli” serialida rol o‘ynaydi. Uning uchun bu film shon-shuhrat chiptasi edi, tez orada aktyorning hayoti butunlay o‘zgaradi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Aynan suratga olish maydonchasida Jekman 20 yillik tajribaga ega bo‘lgan aktrisa, rejissor va prodyuser Deborra-Li Ferness bilan tanishadi.

    Aktyor o‘sha kunni xuddi kechagidek eslaydi:
    Meni mashinada olib ketishdi, Deb esa oldingi o‘rindiqda o‘tirardi. Bu lahzani hech qachon unutmayman. U xavfsizlik kamarini yechdi-da, orqasiga o‘girilib, qo‘lini menga uzatdi. Quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynagini yechib: “Salom, men Deborra-Li Fernessman. Tanishganimdan xursandman”, — dedi. O‘shanda “Menga bu qiz yoqib qoldi” deb o‘ylaganim hamon yodimda.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jekman yuragida Fernessga bo‘lgan hisni aniq bilsa-da, uni uchrashuvga taklif qilishni yoki tuyg‘ularini qanday izhor qilishni bilmas edi. Axir ular hamkasb edilar. Bu xotira ham uning ongida muhrlanib qoladi.

    “Deb bilan qadrdon do‘st bo‘lib qolgandik, uni sevib qolganimni angladim. Bunday bo‘lishi mumkin emasdi. Bu noprofessionallik”, — deb o‘rtoqlashadi aktyor. Shu sababli Jekman aktrisa bilan munosabatlarini to‘xtatishga qaror qiladi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Vaqt o‘tishi bilan Jekman hamkasbiga e’tibor bermaslik to‘g‘ri yo‘l emasligini tushunadi va strategiyasini biroz o‘zgartirishga qaror qiladi. Xyu uni 20 kishi bilan birga uyiga kechki ovqatga taklif qiladi. O‘sha oqshom aktyor kutmagan voqea sodir bo‘ladi.

    U menga qarab “Bir haftadan beri men bilan gaplashmayotganingni payqadim. Nima bo‘lyapti?” dedi. “Seni yaxshi ko‘raman. Lekin bu o‘tib ketadi, kechirasan”, — dedim javoban. U esa hayratlanib “Rostanmi? Sen ham menga yoqasan”, — dedi. Men bunday javobni xayolimga ham keltirmagandim, — deb eslaydi aktyor.
    Axir Debora bu kechki ovqatga kelish uchun Mik Jagger taklif qilgan uchrashuvdan voz kechgandi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Keyingi haftalarda juftlik munosabatlarini sir saqlashga harakat qildi, ammo barcha urinishlar besamar ketdi. Ularning orasidagi tuyg‘u shu qadar aniq ediki, ijodiy jamoa hammasini tushundi.

    Avvaliga Ferness hamkasbi, bu ham mayli, o‘zidan ancha yosh yigit bilan munosabatga kirishish kerakmi yoki yo‘qligiga shubha qildi. U hatto bir muddat Jekmanni tark ham etdi, lekin keyinroq fikrini o‘zgartirdi. Oxir-oqibat ular birga bo‘lishga qaror qilishdi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    Tanishganlaridan 4 oy o‘tgach, Jekman Fernessga dizayni ustida o‘zi ishlagan unashtiruv uzugini hadya qiladi. Aktrisa shunday eslaydi:
    U zargarlik buyumlari va olmoslar haqida hech narsa bilmagani uchun juda xavotirda edi. Zargarning oldiga borib: “Men aynan qanday uzuk olishni bilmayman, maslahat berishingiz uchun Deb haqida bir oz gapirib beraman”, debdi. Bechora zargar 1,5 soat men haqimdagi bitmas-tuganmas hikoyalarni tinglabdi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Uchrashganlaridan 11 oy o‘tgach, Ferness va Jekman Avstraliyaning Viktoriya shahrida nikohdan o‘tishadi. Jekman marosimda bir-biriga beriladigan uzuklarning dizaynini ham o‘z zimmasiga olgan edi.

    Ularning hayoti faqat baxtli daqiqalarga to‘la bo‘ladi, deb o‘ylash mumkin. Ammo hammasi oson bo‘lmaydi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    Ular turmush qurganlarida Ferness 40 yoshda edi, shuning uchun er-xotin tezroq farzand ko‘rishni xohlashadi. Ammo barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz tugaydi. Jekman bu haqda shunday dedi:
    Biz harakat qildik, ammo natija bo‘lmasdi, qiyin damlar edi. Fernessning homilasi nobud bo‘lgan kun hech qachon yodimdan chiqmaydi... Bu haqda gapira olganimdan xursandman. Qiyin kunlar o‘tib ketdi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ko‘p urinishlardan so‘ng Jekman va Ferness boshqa yo‘l bilan ota-ona bo‘lishga qaror qilishadi. 2000-yilda er-xotin farzand asrab olishadi. Ular yangi oila a’zosiga Oskar Maksimilian deb ism berishadi.

    Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, ularning ikkalasi ham Oskarning biologik onasi ko‘zi yorigan palatada bo‘lgan. Jekman hatto chaqaloqning kindigini o‘zi kesgan va bola darhol aktrisaning qo‘liga berilgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    5 yil o‘tgach, oila Ava Eliot ismli qizni asrab olishadi.

    Aktyor ularni asrab olgan ota-onalar emas, o‘ziniki deb bilishini va farzandlari ham xuddi shunday fikrda bo‘lishi uchun qo‘lidan kelganini qilayotganini aytadi. Qiyinchiliklarga qaramay, Jekman va Ferness o‘zlari orzu qilgan oilani qurishdi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe
    Er-xotin har doim bir-birlarini qanchalik sevishlarini butun dunyoga ko‘rsatishga harakat qilishadi. Misol uchun, 2016-yilda ular hamma ishini tashlab, bir haftaga Karib dengiziga ketishdi. 2 yildan so‘ng esa Italiyaning Kapri shahriga sayohat qilishdi. 2021-yilda sevishganlar kumush to‘ylarini nishonlab, Jekman o‘z baxtini ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rdi.
    Sen bilan o‘zimni juda yaxshi his qilaman, Deb. Ilk uchrashganimizdanoq birga bo‘lishimizni bilardim. O‘tgan 25 yil ichida sevgimiz yanada kuchaydi. Hayotimni oilam va sen bilan o‘tkazayotganimdan cheksiz minnatdorman. Va bu hali boshlanishi. Deb, men seni chin yurakdan sevaman!

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bu yil Jekman va Ferness to‘ylarining 26 yilligini nishonladilar. Shuncha vaqt o‘tsa-da ularning bir-biriga bo‘lgan his-tuyg‘ulari yanada kuchayganga o‘xshaydi.

    Birgalikda o‘tkazgan yillar davomida hurmat, muhabbat va o‘zaro ishonch oradagi 13 yosh farqdan ham ko‘proq narsani anglatadi. Ularning hikoyasi yosh haqiqiy sevgi uchun pasportdagi raqamdan boshqa narsa emasligini isbotlaydi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Mavzuga doir: 

    • “Mening eng xavfli dushmanim o‘zim ekanimni bilaman” — aktrisa va xonanda Lindsi Lohan 3 yoshida boshlangan karyerasidagi tub burilishlar haqida
    • Gollivud yulduzi Juliya Roberts karyerasidan 20 yillik tanaffus olishga nima turtki bo‘lgani haqida gapirdi
    • “Hammasi qahvaxonadan boshlangan”: Kemeron Dias va Dryu Berrimorning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi (foto)

    11.12.2022, 19:45   Izoh (0)   23500
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xit bo‘lgan birgina qo‘shig‘i tufayli umrining oxirigacha yetadigan boylik orttirgan yulduzlar (video)

    11.12.2022, 16:08

    Antonio Banderas “Shrek” multfilmining ekranlarga qaytishiga ishora qildi

    11.12.2022, 13:50

    Instagram: Alla Pugachyovaga aylangan Dilnoza Kubayeva, Sevinch Mo‘minova imijini o‘zgartirdi, hamkasblariga “tosh otgan” Nilufar Hamidova

    10.12.2022, 22:46

    Skarlett Yoxansson, Lesli Xemilton va egizagi bor boshqa mashhurlar (foto)

    10.12.2022, 21:41

    “Mening eng xavfli dushmanim o‘zim ekanimni bilaman” — aktrisa va xonanda Lindsi Lohan 3 yoshida boshlangan karyerasidagi tub burilishlar haqida

    10.12.2022, 18:22

    Instagram: Oyxon Iforzoda hayotidagi quvonchli kun, ko‘pkarida qatnashgan Hosila Rahimova, orzusi ushalgan Lola

    09.12.2022, 22:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.