• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Mening eng xavfli dushmanim o‘zim ekanimni bilaman” — aktrisa va xonanda Lindsi Lohan 3 yoshida boshlangan karyerasidagi tub burilishlar haqida

    Mallasoch sohibjamol Lindsi Lohan 90-yillarning oxirida “Ota-onalar uchun tuzoq” filmidagi ajoyib ijrosi bilan millionlab tomoshabinlar qalbidan joy oldi. O‘shanda uning hayotida juda ko‘p ko‘tarilishlar va pasayishlar bo‘lgan, ammo bir narsa aniq: hozirda aktrisa yana o‘zining avvalgi mashhurligini va tomoshabinlar ishonchini qaytarishga harakat qilmoqda.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Lindsi Lohan Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Uning otasi Maykl ko‘pincha qonun bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. U rafiqasi Dinana bilan tinch yashamasdi, keyinchalik Lindsi ular o‘rtasidagi janjallarning doimiy guvohi bo‘lganini va bu uning keyingi hayotiga ta'sir qilgan bo‘lishi mumkinligini aytadi. Aktrisaning aytishicha, oiladagi qiyin munosabatlar uni tez ulg‘aytiradi. Ammo Lindsi hozirda ota-onasi bilan ajoyib munosabatda ekanligini ta’kidlaydi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Lindsi to‘ng‘ich farzand bo‘lgan: uning yana 2 nafar ukasi va singlisi bor edi. Aktrisaning kelib chiqishi italyan va irland ildizlariga borib taqaladi — u o‘zining murakkab xarakterini aynan shu aralashma bilan tushuntiradi. 3 yoshida qizaloq modellik qila boshlaydi, parallel ravishda turli reklamalarda ham suratga tushadi.

    10 yoshida Lindsi “Boshqa dunyo” serialida rol o‘ynaydi. Maktabda Lindsi matematika va tabiiy fanlardan a'lo baholarga o‘qiydi. U gimnastika, suzish, konkida uchish, qo‘shiq aytish, velosipedda sayr qilish va kitob o‘qishni ham yaxshi ko‘rardi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    12 yoshida Lindsi Disneyning “Ota-onalar uchun tuzoq” filmida o‘ynaydi, film katta daromad keltiradi va tanqidchilarning olqishiga sazovor bo‘ladi. Aytgancha, mazkur filmda Lindsi ukasi Mayk bilan birga rol o‘ynagan. Bir intervyuda u film premyerasi paytida uxlab qolganini yashirmaydi.

    2000-yilda Lohan “Mukammal o‘yinchoq” telefilmida ishtirok etadi va keyin o‘zining musiqiy karyerasiga e’tibor qaratish uchun qisqa tanaffus qiladi. Ko‘p o‘tmay, Estefan Enterprises studiyasi aktrisa bilan 5 ta albomini chiqarish uchun shartnoma imzolaydi. 2002-yilda aktrisa “Josus bolalar” filmida rol o‘ynaydi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Lohanga eng katta mashhurlikni 2003-yilda “Dahshatli juma” filmidagi roli olib keladi. Qiz gotika uslubidagi qahramonni o‘ynashi kerak edi. Ushbu rol uchun aktrisa hatto gitara chalishni o‘rganadi va “Ultimate” qo‘shig‘ini yozadi. Tanqidchilar Lindsining ijrosini yuqori baholaydilar, uning o‘zi 2004-yilda MTV Movie Awards mukofotining “Yil yutug‘i” nominatsiyasida g‘olib chiqadi. 2015-yil holatiga ko‘ra, bu Lohanning karyerasidagi tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli film edi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    2004-yilda “Sahna yulduzi” va “Yaramas qizlar” filmlari chiqadi. Ushbu filmlarda Lindsi asosiy rollarni ijro etadi. Agar birinchi film juda zo‘r sharhlarga ega bo‘lgan bo‘lsa, Lohan ikkinchi kartina uchun “yoshlik haqidagi filmlarining yangi malikasi” maqomiga sazovor bo‘ladi. “Yaramas qizlar” filmidan keyin aktrisaga e’tibor sezilarli darajada oshadi. Paparatssilar Lohanni kuzatishni boshlaydilar va yulduzning shaxsiy hayoti tabloidlarda deyarli eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzuga aylanadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Taxminan bir vaqtning o‘zida aktrisaning debyut albomi ham chiqadi, u nafaqat AQSHda, balki butun dunyoda mashhur bo‘ladi. 2005-yilda Lohanning ikkinchi albomi sotuvga chiqadi, u tanqidchilar tomonidan turlicha baholanadi. Aytgancha, Lindsi undagi aksariyat qo‘shiqlarga hammualliflik ham qilgan.

    2000-yillarning ikkinchi yarmida Lohan karyerasida qora kunlar boshlandi. 2006-yilda "Omad bo‘sasi" filmi chiqqandan so‘ng u darhol “Eng yomon aktrisa” nominatsiyasida “Oltin malina”ga nomzod bo‘ldi. Tanqidchilardan biri bu film Lindsi uchun bir qator muvaffaqiyatli rollarni to‘xtatib qo‘yganini yozgan. Shundan so‘ng u jiddiyroq filmlarda ishlashga e’tibor qaratadi. Misol uchun, u “Sheriklar” filmida rol o‘ynaydi, uning suratga olish maydonchasidagi sherigi Meril Strip bo‘lib, u yosh aktrisani tom ma’noda “kamera bilan yashashi” uchun maqtaydi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    2006-yilda Lohan Sheron Stoun bilan “Bobbi” filmida rol o‘ynaydi. Kartina tanqidchilar e'tirofiga sazovor bo‘ladi. “27-bob”da u Jon Lennonning muxlisi rolini ajoyib tarzda gavdalantirgan, uning filmdagi sherigi Jared Leto edi.

    “Qaysar Jorjiya” filmida Lindsi nazoratdan chiqib ketgan o‘smir rolini ijro etadi. Suratga olish paytida u kasalxonaga tushib qoladi. Shundan so‘ng ijrochi direktor aktrisani “mas’uliyatsiz va noprofessional” deb ataydi, u ko‘pincha suratga olish maydonchasida bo‘lmasligini aytib, bularning barchasi uning doimiy tungi bazmlari natijasi ekanligini ta’kidlaydi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Vaqt o‘tishi bilan Lindsi zararli odatlarga moyil bo‘la boshlaydi. Shu sababli kunduzi u suratga olish maydonchasida, kechqurun esa davolanish uchun ixtisoslashtirilgan klinikaga boradi. Aktrisa Oskar Uayldning “Arzimas ayol” filmidagi roldan voz kechadi, ko‘p o‘tmay “Taqiqlangan sevgi” filmidagi rolidan chetlashtiriladi. Lindsining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda u “juda og‘ir davrni boshdan kechirgan”. 2007-yilda “Meni kim o‘ldirganini bilaman” filmi chiqadi va Lindsi ekrandagi eng yomon ayol obrazini ijro etgan aktrisa uchun “Oltin malina” mukofotiga sazovor bo‘ladi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    “Ota-onalar uchun tuzoq” komediyasining syomkasida Lohan Merilin Monro rol o‘ynagan “Niagara” filmini tomosha qiladi va uning imijiga maftun bo‘lib qoladi. Shu sababli 2008-yilda Lindsi kino yulduzining mashhur “The Last Sitting” fotosessiyasini qayta yaratadi. U hatto kumiriga butun boshli kiyim-kechak liniyasini bag‘ishlaydi, uni “6126” Monroning tug‘ilgan kunini — 06/01/1926 nomi bilan chiqaradi.

    Lohan o‘z vaqtida yomon odatlariga qarshi kurashmaganidan afsuslanadi.
    Bu mening hayotimda bo‘lgan va endi uning oqibatlari bilan kurashishim kerak. Lekin bu mening o‘tmishim, endi esa men butunlay boshqa odamman. Mening maqsadlarim bor va ularga erishish uchun harakat qilaman.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Bir yil o‘tgach, u “Tasqara Betti” teleserialining bir nechta epizodlarida paydo bo‘ladi. 2010-yilda “Lindsi Lohanning Hindistonga sayohati” nomli hujjatli filmi chiqadi. Garchi bu film tomoshabinlar tomonidan qiziqarli deyilgan bo‘lsa-da, Lohanning undagi ishtiroki hali ham “g‘alati va chalg‘ituvchi” deb hisoblanadi.

    Keyin aktrisa “Machete”da rol ijro etdi. Ba’zi tanqidchilar bu aktrisaning so‘nggi paytlardagi eng yaxshi ishi ekanligini ta’kidladi. 2010-yil oxirida u intervyusida kinoga qaytishni xohlashini aytib, o‘zini “juda ham yaxshi aktrisa” deb ataydi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    2014-yilda Opra Uinfri aktrisaga bag‘ishlab “Lindsi” nomli hujjatli film suratga oladi. Biroq har bir epizodda uning reytingi pasayib ketaveradi. Opra Uinfri bilan suhbatda u bir marta shunday degandi: “Men o‘zimning eng yomon dushmanim ekanligimni bilaman”.

    Foto: East News

    Foto: East News

    2016-yilda Loxan Gretsiyadagi tungi klubning egasi bo‘ldi, 2 yildan so‘ng u Minokos orolida plyaj kurortini, ko‘p o‘tmay Rodosdagi ikkinchi shunday kurortni ham ochdi. 2018-yilda u “Kasallik tufayli” teleserialida rol o‘ynadi va “Soyalar orasida” (2019) filmida ishtirok etdi. Taxminan bir vaqtning o‘zida uning Lindsay Lohan’s Beach Club realiti-shousining MTV da premerasi bo‘lib o‘tdi va bir mavsum davom etdi.

    2020-yilda aktrisa va qo‘shiqchi 12 yil ichida birinchi marta Back to Me singlini chiqardi va u tanqidchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Shu bilan birga, Lili Beyker bilan hamkorlikda o‘zining zargarlik buyumlari kolleksiyasini ishlab chiqdi va sotuvga chiqardi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Lohanning so‘nggi 10 yildagi birinchi yirik va chinakam arziydigan kinodagi roli “Unutilmas Rojdestvo” deb nomlangan. Film 2022-yil noyabr oyida ekranlarga chiqdi. Suratga olish ishlari tugagach, Lindsi darhol keyingi filmga qachon chaqirilishini kutmoqda, chunki u tinmay ishlashga tayyor.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Kelasi yilda esa Lindsi ishtirokidagi “Irlandcha orzu” romantik filmining chiqishi rejalashtirilgan. Aktrisaning karyerasi shaxsiy va huquqiy muammolar tufayli ko‘p marta to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, ayni paytda uning 30 dan ortiq filmlari bor, Lohan esa endigina 36 yoshda.

    Lindsining shaxsiy hayoti ham yaxshilanayotganga o‘xshaydi. 2021-yil noyabr oyida u moliyachi Bader Shammas bilan unashtirilganini e’lon qildi, ular 3 yil davomida uchrashib yurgan — 2022-yil iyul oyida yoshlar turmush qurishdi.

    Foto: East News

    Foto: East News
    Men oddiy, yaxshi odamman. Mening yomon niyatim yo‘q. O‘tmishim o‘tmishda qoldi. Odamlar uni qo‘yib yuborishlari va u haqida gapirishni bas qilishlari kerak, — deydi aktrisa.
    U ko‘p odamlardan, jumladan, oilasi va uni ko‘p yillardan buyon kuzatib kelayotgan muxlislaridan minnatdor ekanini tan olishdan to‘xtamaydi. Bo‘sh vaqtida Lindsi ovqat pishirishni yaxshi ko‘radi, ayniqsa, italyancha taomlarni. Aktrisa juda erta yotadi — 21:30 da allaqachon uyquga ketgan bo‘ladi.

    Foto: East News

    Foto: East News

    Bugungi kunda Lindsi eri bilan BAAda yashaydi va shaxsiy hayoti haqida gapirmaslikni afzal ko‘radi. Bir paytlar tabloidlar markazida bo‘lgan bo‘lsa, hozirda u chetda turishga harakat qiladi. Darhaqiqat, BAAda hech kimni ruxsatisiz suratga olish mumkin emas — u yerda paparatssilar taqiqlangan. Albatta, Lindsi ba’zan ish uchun AQSHga kelishiga to‘g‘ri keladi, bunday paytlarda u shunday deydi:

    Uyga qaytganimda, o‘z hayotim bilan yashayman. Mening shaxsiy vaqtim, uyim bor va men buni juda qadrlayman.
    Mavzuga doir:

    Aktrisa, ofitsiant, psixolog, suzuvchi va veb-dizayner: oddiy qizlarga uylangan shahzodalar (foto)

    Yulduz shaxmatchilar: mashhurlardan kimlar shaxmat bilan jiddiy shug‘ullanadi?

    Sevimli filmlarimizning turli aktyorlar tomonidan ijro etilgan afsonaviy qahramonlari (foto)

    10.12.2022, 18:22   Izoh (0)   18890
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Oyxon Iforzoda hayotidagi quvonchli kun, ko‘pkarida qatnashgan Hosila Rahimova, orzusi ushalgan Lola

    09.12.2022, 22:45

    Filmdagi qahramonlariga o‘zlarining didiga ishonib kiyim tanlagan aktyor va aktrisalar (foto)

    09.12.2022, 21:48

    Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)

    09.12.2022, 20:27

    “Muhtasham yuz yil” serialida Doya Xotun rolini ijro etgan aktrisa Selma Kechik hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    09.12.2022, 18:31

    Kanadalik xonanda Selin Dionga kam uchraydigan bedavo kasallik tashxisi qo‘yildi

    09.12.2022, 12:59

    Instagram: Ona bo‘lgan Marjona Mirzaaliyeva, nikohlangan Intizor Tojiboyeva, Buxoroda minglab muxlislari qurshovida qolgan Rayhon

    08.12.2022, 22:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Eron dronlarini oltin quymasida sotib olgan — OAV

    Dunyo | 30 may, 08:47

    Land Rover o‘zining yangilangan Defender modelini taqdim etdi

    Avto | 30 may, 08:38

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 30 may, 08:22

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.