Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Rossiyaga zirhli texnika jo‘natilishi haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. Bu haqda stopfake.kz xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Telegram kanallarida avvalroq Olmaota vokzalidagi temiryo‘llarda tanklar turgani aks etgan video tarqalgan. Video ostiga harbiy texnika “katta ehtimol bilan Rossiyaga yuborilishi” yozilgan.

“Mazkur zirhli texnikalar kapital ta’mirdan so‘ng keyingi ekspluatatsiya qilish maqsadida Qozog‘iston Qurolli Kuchlarining harbiy qismlariga jo‘natiladi”, deydi Mudofaa vazirligi.

Bir necha kun oldin Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya hududiga raketalar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar yetkazib berilishi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqalayotganini aytgandi.

7-dekabr kuni Rossiya ommaviy axborot vositalarida Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli dronlar Qozog‘iston hududidan uchirilgani haqida xabar tarqalgandi. Qozog‘iston Mudofaa vazirligi mazkur xabarga munosabat bildirib, ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan.

“Qozog‘istondan Rossiya aerodromlariga dronlar uchirilgani haqidagi bayonot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, shuni ta’kidlaymizki, ushbu uchuvchisiz uchish qurilmalaridan hech qachon Qozog‘iston Qurolli kuchlarida foydalanilmagan”, deya izoh bergan vazirlik.

Mavzuga doir: Qozog‘iston Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Dunyo
Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollarini berdi — WSJ