Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Siyosatchi 1-dekabr Polshaning Lodz shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Vazirlar kengashining 29-yig‘ilishida bu bo‘yicha gapirgan.

“Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi halokatli harbiy mojaroga barham berish uchun, birinchi navbatda, siyosiy irodaga muhtojmiz. Bu muammolar yolg‘iz hal qilinishi uchun kattalik qiladi. Barcha ishtirokchi davlatlar birdam bo‘lib, YXHT qadriyatlariga qat’iy sodiqliklarini namoyish etishi kerak”, — deydi Qozog‘iston rasmiysi.

Eslatib o‘tamiz,Rossiya tashqi ishlar vaziri  Sergey Lavrovning Polshada bo‘lib o‘tadigan YXHT yig‘ilishiga qatanshishi bekor qilingan. Polsha tadbirda Yevropa Ittifoqi sanksiyasiga kiritilgan amaldorlar ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan. Sergey Lavrov Rossiyaning Ukrainaga qilgan hujumi ortidan fevralda sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Rossiya tashqi ishlar vazirligi bunga munosabat bildirib, mazkur qarorni “qabul qilib bo‘lmaydigan hujum” deb atagan. TIV bu Polshaning 2022 yildagi YXHTga rais davlat maqomiga mos kelmasligini qayd etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi