Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi 37-son manzil-koloniyada mahkumlari o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal ulardan birining o‘limi bilan yakunlandi.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, 6-dekabr kuni soat 18:20 larda ushbu koloniyaga qarashli dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan yer maydonida bog‘dorchilik ishlariga jalb qilingan mahkum B.Q. o‘zaro janjallashish oqibatida boshqa mahkum — U.E.ga tan jarohatlari yetkazgan.
Oqibatda mahkum U.E. olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat prokuratura organlari nazoratiga olingan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)