“O‘zgidromet” oltita viloyat tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjudligidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, 6—8-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning quyidagi hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin tumanida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
- Namangan viloyati: Pop tumanida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda izg‘irin sovuq hafta oxirigacha saqlanib qoladi
Izoh (0)