Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning Chjenchjou shahridagi Foxconn zavodida “katta ko‘lamli noroziliklar” boshlandi. Bu haqda AFP va Reuters xabar bermoqda. Bu iPhone smartfonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik korxonadir.

Foto: EPA

Foto: EPA

Agentliklar Twitter va Xitoyning Weibo mikrobloklar tarmog‘ida tarqalayotgan kuzatuv kameralari kadrlariga tayanmoqda. Videoda “ishchilarning katta guruhi” aks etgan, ularning taxminiy soni keltirilmayapti. Ular Foxconn kampusi binosida kuzatuv kameralari va derazalarni tayoqlar bilan urgan. Voqea joyiga politsiya yetib kelgan.

Bloomberg yuzlab ishchilar yotoqxona binosidan chiqib kelgani va xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashgani haqida yozmoqda.

Xitoy hukumati voqea yuzasidan rasmiy izoh berganicha yo‘q.

Noyabr boshida Apple koronavirus cheklovlari tufayli, Chjenchjoudagi Foxconn zavodi “ancha past mahsuldorlik bilan ishlayotgani”ni ma’lum qilgandi. Xitoy hukumati sentabrdayoq Chjenchjouning aholi eng zich joylashgan tumanlaridan birida qat’iy cheklovlar kiritilganini, Foxconn zavodida esa sanitariya cheklovlari joriy etilganini e’lon qilgandi. Bu ishchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan, ularning ba’zilari korxonani tark etgan. Reuters xabariga ko‘ra, zavodda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari noyabr yakunlariga ko‘ra 30 foizga qisqarishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda 6 nafar fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH ortidan yo‘l qurilish tashkiloti rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga yuborildi 
Mahalliy
Navoiyda 80 gektar yerni 1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Iqtisodiyot
Asosiy stavkaning pasaytirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?